Яратилиш санаси 24.04.2024

Talabalarning otalari bilan uchrashuv tashkil etildi...

Joriy yil 24-aprel kuni bilim yurtida 2023-2024 o‘quv yilida tahsil olayotgan 1-2-3 kurs talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishni  bilim yurtining yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rivojiddin Nasritdinov ochdi. U tashkil etilgan ota-onalar majlisi to‘g‘risida to‘xtalib, bilim yurtida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, odob-ahloq, davomat va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. So‘zni bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayevga berdi. 

Notiq o‘z so‘zida  yig‘ilish ishtirokchilariga mamlakatimiz istiqlolga erishgan bu qisqa davrda, iqtisodiyotda, sanoat qurilish, ilm fan, madaniy va maishiy sohalarda, ta’lim tarbiya, sport hamda boshqa jabhalarda ulkan yutuqlarga erisha olayotgani, bu qisqa muddatda O‘zbekistonda islom dini, islomiy madaniyat va ma’rifatning rivoji, vijdon erkinligi va diniy e’tiqodni to‘liq ta’minlash masalalarida amalga oshirilgan muhim ishlarni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkinligini ta’kidladi. 

- “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi; 
- Ramazon va Qurbon hayitlarining umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e’lon qilinishi;
- Islom dinining asosiy manbalari Qur’oni karim va hadisi shariflarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi;
- Yurtimizda ham dunyoviy, ham diniy sohalarda ta’lim beruvchi Toshkent xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Buxoroda “Mir arab” oliy madrasasi, Samarqandda “Hadis” oliy maktabi  va viloyatlarimizdagi 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurtlari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Shu jumladan bizning bilim yurtimizda ham, siz bilan bizning farzandlarimiz ilm olib, kelajakda xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladilar. 

Notiq o‘z so‘zi davomida yig‘ilishda ko‘riladigan asosiy masalalar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida talabalardan 3-kurs talabasi Boqijonov Muhammadaminning dadasi  Nazirov Ravshanbek domla so‘z olib, yig‘ilish ishtirokchilariga ustozlar tomonidan bildirilgan fikrlarni  ma’qullab, talabalar odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratishlari, shuningdek, har bir talabaning libosi bir hil ko‘rinishda  bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

Yig‘ilish so‘ngida bilim yurtimizda 2023-2024 o‘quv yilida o‘zining namunali xulqi va a’lo baholarga tamomlagan talabalarning otalariga bilim yurti tomonidan tashakkurnoma taqdim qilindi. 

Yig‘ilish so‘ngida keksa otaxonlar tomonidan bilim yurtida faoliyat olib borayotgan ustozlar va talabalar xaqqilariga duoi-xayrlar qilindi.

Tashrif davomida yig‘ilish ishtirokchilari bilim yurtida istiqomat qiladigan talabalar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар