Яратилиш санаси 13.06.2025

Vaqt – umrning bebaho xazinasidir

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inson hayotidagi eng katta boylik-vaqt ekanligi va vaqt ortga qaytmasligi, xususan, kun tartibi, reja va intizomga qat'iy rioya qilish zarurligi haqida va bugungi kunda biz tolibi ilmlar uchun naqadar qimmatli ekanligi haqida so'z boradi.  
   
Kalit so'zlar: Vaqt qadri, intizom, kun tartibi 

Kirish.

Inson hayotidagi eng katta boyliklaridan biri bu vaqtdir. Uni borida qadriga yetish lozim. Chunki u o'tadi-yu ketadi, o'zidan esa g'am-anduh qoldiradi. Lekin vaqtga e'tibor bermaslik katta zarardir.

MUAMMO VA SABABLAR

Inson bu ishni ertaga qilaman deydi, vaholanki ertaning o'z ishi bor. Vaqt juda kam va umr esa qisqadir.
Shu sababdan, har bir lahzani qadrlash, uni to‘g‘ri va maqsadli sarflash juda muhim.

Hozirda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoq deysizmi yoki video o'yinmi yana bo'lmasa onlayn qimor tobora ommalashib bormoqda. Ko'ngilochar ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o'tgani deyarli bilinmaydi. To'g'ri ijtimoiy tarmoqdan foydalanish kerak, lekin me'yorini bilish zarur. Telefonni tun-u kun qo'ldan tushirmay vaqtni shundog'icha ishlatib yuborish yaxshi ish emas. 

Vaqtni barakali bo'lish sabablatidan biri bu- kun tartibi. Kim tartibiga amal qilsa, ishida unum va vaqtida barak bo'ladi. Zero tartiblanmagan vaqt bu jilovlanmagan ot kabidir. Ba'zi insonlarni bir pasda shuncha vaqt o'tib ketibdi-ya deganini eshitamiz, lekin o'shancha vaqt ba'zilar uchun juda ko'p ko'rinadi, nimaga? Chunki vaqtini chegaralamagan va undan unumli tarzda foylanmagan kishi uchun vaqt juda tez o'tadi.Aksincha vaqtini chegaralab, uni samarali o'tkazuvchi kishi uchun hayot bir maromda o'taveradi. 

Endi kun tartibiga doimiy amal qilish, uni joriy qilishdan ko'ra mashaqqatlidir. Rosululloh sollollohu alayhi va sallam hadisi sharifda " Albatta ishlarning eng yaxshisi oz bo'lsada bardavom bo'lganidir " deganlar. Buni hayotiga tadbiq qilib, odat tusiga aylantirgan kishi albatta yutuqqa erishadi.

Yaxshi niyat va maqsad bilan o‘tgan har bir daqiqa inson hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib keladi. Ishlarimizni tartib bilan rejalashtirib, har bir lahzani samimiylik va intizom bilan o‘tkazsak, vaqtning qadriga yetgan bo‘lamiz va bu Alloh subhanahu va taoloning bizga bergan umr ne'matiga shukr hisoblanadi.

Vaqt – Umrning Bebaho Xazinasidir

Chindan ham, vaqtning qadriga yetgan inson – vaqtni boshqaradi, vaqtni boshqara olgan inson esa hayotini boshqaradi. Chunki vaqtni isrof qilish – hayotni isrof qilish bilan tengdir.

Afsuski, ba’zida vaqtning qadriga yetmaymiz. Uni behuda ishlarga, samarasiz mashg‘ulotlarga sarflab qo‘yamiz. Natijada esa qimmatli lahzalarimiz behuda o‘tib ketadi. Shu bois, har bir kunimizni maqsadli o‘tkazishga intilishimiz, vaqtni har jihatdan to‘g‘ri ishlatishga e’tibor qaratishimiz lozim.

YECHIM

• Rejalashtirish va maqsad qo‘yish

Har bir kunni boshlashdan oldin o‘z oldimizga aniq maqsadlar qo‘yish, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir. Bu vaqtni samarasiz o‘tkazishdan asraydi.

• Ustuvorliklarni belgilash

Har bir ishning o‘z o‘rni va vaqti bor. Muhim ishlarni oldinga surib, ortiqcha ishlarni chetga surish – vaqtning unumli sarflanishiga yordam beradi.

• Zaruriy dam olish

Vaqtni to‘g‘ri boshqarish degani doimo ishlash emas. Samarali dam olish ham vaqtning to‘g‘ri ishlatilishidir. Dam olish insonning fikrini tiniqlashtiradi, kuchini tiklaydi.

• Chalg‘ituvchi omillardan qochish

Ijtimoiy tarmoqlar, televizor, ortiqcha suhbatlar – bularning barchasi vaqtning asosiy “o‘g‘rilari”dir. Shu sababli, ular bilan chegarani bilish, vaqtimizni shunday narsalarga boy bermaslik zarur.


XULOSA

Vaqtning har lahzasi bebaho. Uni asrash, to‘g‘ri boshqarish – muvaffaqiyatli hayotning garovi. Shuning uchun, vaqtni qadrlashni o‘zimizga odat qilishimiz va shu orqali maqsadlar sari dadil yurishimiz kerak.

Is'hoqov Abdulahad

"HIDOYA" o'rta maxsus islom
ta'lim muassasi 2-kurs talabasi