Fiqhiy qoida sharhi
"القاعدة: أن ذكر ما لا يتجزأ كذكر الكل"
Qoida:
“Bo‘linmaydigan narsaning bir qismini zikr qilish — uning hammasini zikr qilish kabidir.”
Bu qoidadan misollar va masalalar:
Imom Al-Margʼinoniy rahimahulloh aytadi: “Agar er xotiniga yarim taloq yoki uchdan bir taloq desa, u bir taloq bilan taloq qilingan bo‘ladi. Chunki taloq bo‘linmaydi."
Yana misollardan:
“Agar u ayoliga: ‘Sen menga nisbatan uch taloqning yarmidan ikki marotaba taloqsan desa, uch taloq tushadi. Chunki uch taloqning yarmi — bir yarim taloq bo‘ladi. Bu ibora ikki marta takror ma’nosini beradi va natijada uch taloq hosil bo‘ladi.”
Yana:
“Agar u ayoliga: ‘Sen yarim taloq’ yoki uchdan bir taloqsan desa, bir taloq tushadi. Chunki bo‘linmaydigan narsaning bir qismini zikr qilish — uning hammasini zikr qilish bilan barobar.”
Ismoilov Akramxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi