Яратилиш санаси 02.05.2026

Bir oyat sharhi

 قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ

(, الزمر: 9) Oyatida maf‘ul bihning hazf qilinishi va uning balog‘iy hikmati

Kirish

Qur’oni Karim oyatlarida nahviy va balog‘iy nozikliklar nihoyatda chuqur ma’nolarni o‘zida mujassam etadi. Shunday oyatlardan biri Zumar surasining 9-oyati bo‘lib, unda ilm egalari bilan ilmsizlar o‘rtasidagi farq o‘ta qisqa, ammo ta’sirli uslubda bayon qilingan. Ushbu oyatda يَعْلَمُونَ fe’lining maf‘ul bihsiz kelishi alohida e’tiborga loyiqdir.

Qur’oni Karim ilmga keng targ‘ib qilgan. Jumladan:

Ilmga targ‘ib qiluvchi oyatlar
فاطر: 28
إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاءُ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ

“Albatta, Allohdan bandalari ichida faqat olimlar qo‘rqadilar. Albatta, Alloh qudratli va mag‘firat qiluvchidir.”

Bu oyatda ilm egalari ulug‘lanib, ilmga targ‘ib bor.
العنكبوت: 43
وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَا إِلَّا الْعَالِمُونَ

“Biz bu misollarni odamlar uchun keltiramiz. Ularni faqat olimlargina anglaydilar.”

Bu oyat chuqur tafakkur va ilmga undaydi.
Hadis:
مَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَبْتَغِي فِيهِ عِلْمًا سَهَّلَ اللَّهُ لَهُ بِهِ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ

“Kim ilm talab qilib yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi.”

Masalaning qo‘yilishi

Ma’lumki, يَعْلَمُ fe’li odatda maf‘ul talab qiladi. Ammo mazkur oyatda maf‘ul zikr qilinmagan:
“Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladimi?”

Bu esa savol tug‘diradi: nega aynan bir ilm turi zikr qilinmagan?

Balog‘iy tahlil: حذف المفعول به للتعميم
Bu uslub orqali ilm umumiy ma’noda keladi va barcha foydali ilmlarni qamrab oladi.

Qur’on qanday ilmlarga chaqiradi?

1. Tabiiy fanlar
الروم: 22
وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَانِكُمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِلْعَالِمِينَ
“Uning alomatlaridan biri — osmonlar va yerning yaratilishi hamda tillaringiz va ranglaringizning xilma-xilligidir. Albatta, bunda biluvchilar uchun oyatlar bordir.”

Tabiatni o‘rganishga targ‘ib bor.

فاطر: 27-28
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ ثَمَرَاتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَانُهَا ۚ وَمِنَ الْجِبَالِ جُدَدٌ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ ۝ وَمِنَ النَّاسِ وَالدَّوَابِّ وَالْأَنْعَامِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاءُ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ

 “Ko‘rmadingmi, Alloh osmondan suv tushirdi, bas, u bilan ranglari turlicha bo‘lgan mevalarni chiqardik. Tog‘larda ham oq, qizil va turli rangli yo‘llar hamda qop-qora toshlar bor. Odamlar, jonivorlar va chorvalar ham turli rangdadir. Albatta, Allohdan bandalari ichida olimlargina qo‘rqadilar.”

Tabiat va ilmiy kuzatuvga targ‘ib bor.

2. Biologiya
الطارق: 5-7
فَلْيَنظُرِ الْإِنسَانُ مِمَّ خُلِقَ ۝ خُلِقَ مِن مَّاءٍ دَافِقٍ ۝ يَخْرُجُ مِن بَيْنِ الصُّلْبِ وَالتَّرَائِبِ

 “Inson nimadan yaratilganiga bir qarasin! U otilib chiquvchi suvdan yaratildi. U bel va ko‘krak suyaklari orasidan chiqadi.”

Inson biologiyasini o‘rganishga targ‘ib bor.

3. Psixologiya
الذاريات: 20-21
وَفِي الْأَرْضِ آيَاتٌ لِّلْمُوقِنِينَ ۝ وَفِي أَنفُسِكُمْ ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

“Yer yuzida ishonch egalari uchun alomatlar bor. O‘zlaringizda ham (alomatlar bor). Axir ko‘rmaysizlarmi?”

Inson ichki dunyosini anglashga targ‘ib bor.

4. Tarix va sotsiologiya

الروم:9
أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا الْأَرْضَ وَعَمَرُوهَا أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَاءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ ۖ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوا أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

 “Ular yer yuzida sayr qilib, o‘zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘rmadilarmi? Ular bulardan kuchliroq edilar, yerni ko‘proq obod qilgan edilar. Ularga payg‘ambarlari ochiq hujjatlar bilan kelgan edi. Alloh ularga zulm qilmadi, balki ular o‘zlariga zulm qildilar.”

Tarix va jamiyatni o‘rganishga targ‘ib bor.

Xulosa

Zumar surasi 9-oyatidagi maf‘ul bihning hazfi Qur’on balog‘atining yuksak namunasi bo‘lib, ilmni umumiy holda ulug‘laydi. Shu bilan birga, Qur’oni Karim turli fanlarga ishora qilib, insonni keng qamrovli ilm va tafakkurga chorlaydi.

Muhiddinov Abdulaziz

ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi