
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun...
O‘zbekistonda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun ilk bor 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan. Bu qonun 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda tasdiqlangan. So‘nggi yangilanish esa 2021-yil 5-iyulda amalga oshirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va O‘RQ-699-son bilan kuchga kirgan.
Ushbu 2021-yilgi yangi tahrirda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligini kafolatlash bo‘yicha qator yangiliklar joriy etilgan. Masalan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab qilinadigan fuqarolar soni 100 nafardan 50 nafarga kamaytirilgan.
Bu modda fuqarolarga o‘z diniy e’tiqodini erkin tanlash, unga rioya qilish yoki umuman hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Shuningdek, hech kim majburan dinga kiritilishi yoki e’tiqodidan voz kechishga majbur etilishi mumkin emas.
Hamidov Abduhalil
Ta'lim muassasasi 54-guruh talabasi