Abrorlarning Mukofotlari
Abror deb kimga aytiladi?
Abror – bu so‘z mo‘minlar ichida xayrli, Allohga itoat qiluvchi, dunyoda yaxshilik qilgan kishilarga nisbatan aytiladi. Ular solih amallari bilan ajralib turadigan mo‘mindir va ular uchun Jannatda baland martabalar tayinlangan.
1. Abrorlarning kitoblari
Mutoffifiyn surasida abrorlarning kitoblari haqida shunday zikr qilinadi:
{ كَلَّاۤ إِنَّ كِتَـٰبَ ٱلۡأَبۡرَارِ لَفِی عِلِّیِّینَ }
[Mutaffifun surasi: 18]
Ya’ni, abrorlarning kitobi “Illiyyin”da joylashgan.
Illiyyin nima?
Ibn Abbos roziyallohu anhu uni Jannat deb tushuntirgan.
Ka’b roziyallohu anhu esa uni yettinchi osmon deb tafsir qilgan, unda mo‘minlarning ruhlari mavjud.
2. Abrorlarning ne’matlari
Keyingi oyatlarda abrorlarning Jannatdagi holati haqida shunday aytiladi:
{ إِنَّ ٱلۡأَبۡرَارَ لَفِی نَعِیمٍ (22) عَلَى ٱلۡأَرَاۤئكِ یَنظُرُونَ (23) }
[Mutaffifun surasi: 22-23]
Abrorlar naim (ya’ni Jannat)da bo‘ladilar.
Ular baland pardali soʻrilar ustida o‘tirib, berilgan ne’matlarni nazar bilan kuzatadilar.
Tafsiri: Bu yerda naimdan murod Jannatdir, deydi Jaloliddin Suyutiy.
Ularning ne’mati shundaydirki, dunyoda ularni mazax qilganlarni Allohning ijozi bilan kuzatib turishadi.
Hadislarda abrorlarning martabasi haqida shunday aytiladi: “Albatta, Jannat ahli ichida eng past darajadagi kishi, o‘z mulkiga 2000 yil masofa bo‘lgan joydan qaraganda, uning eng pastini ham ko‘radi, xuddi uning pastini yaqin ko‘rgandek. Va eng afzallari esa Allohga kuniga ikki marta qarash maqomiga ega bo‘ladi.”
3. Abrorlarning chehralari va sharobi
Mutoffifiyn surasining 24-oyatida:
{ تَعۡرِفُ فِی وُجُوهِهِمۡ نَضۡرَةَ ٱلنَّعِیمِ }
Ularning chehralaridan Jannat ravnaqini bilib olasiz.
Sura davomida ularni Roxiqu Maxtumdan ichirilishi haqida ham aytiladi:
{ یُسۡقَوۡنَ مِن رَّحِیقࣲ مَّخۡتُومٍ }
Roxiqu Maxtum – Jannatdagi sharob bo‘lib, eng pok va muhrlangandir.
Hadislarda bu sharob haqida shunday zikr qilinadi:
“Har qanday mo‘min boshqa mo‘minga chanqaganida bir qultum suv bersa, Alloh Taolo uni Qiyomat kunida Jannatning eng shirin va pok suvidan (Rahiq al-Makhtum) ichkazadi.”
Mutoffifiyn surasining 26-oyatida sharobning sifati haqida:
{ خِتَـٰمُهُۥ مِسۡكࣱۚ }
Ya’ni, sharobning xotimasi miskdir.
Abu Dardo roziyallohu anhu ta’rificha: “Oq kumush kabi sharob bor, ular shu bilan sharoblarini muhrlaydilar. Agar dunyo ahli ichidan bir kishi barmog‘ini solsа va keyin chiqarса, jonli bo‘lgan har bir mavjudot uning hidini sezadi.”
4. Sharobning manbai
Mutoffifiyn surasining 27-oyatida:
{ وَمِزَاجُهُۥ مِن تَسۡنِیمٍ }
Bu sharobning aralashmasi Tasniymdandir.
Tafsiri: “Bu – Jannat ahlining eng sharafli va eng oliy sharobi.”
Xulosa:
Abrorlar Jannatda baland darajada mukofotlanadilar: ularning kitoblari Illiyyinda, ne’matlari naimda, chehralari ravnaq bilan porlaydi, sharoblari esa Roxiqu Maxtum va Tasniymdan bo‘lgan eng pok, muhrlangan va sharafli sharobdir. Bu sharob dunyo ahli uchun ham hidini sezdiradigan darajada ajoyibdir.
Muhiddinov Abdulaziz
Ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi