Яратилиш санаси 10.11.2023

“Ajdodlar merosini o‘rganish”

 “Hidoya”o‘rta maxsus islom bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’ini 2023-2024 o‘quv yili uchun tasdiqlangan tadbirlar rejasining 6-bandi 43-bo’limi “Muzeylar, teatrlar, tarixiy-madaniy obidalar, muaqa  ddas qadamjolar va diqqatga sazovor joylarga ziyorat va sayoxatlar uyushtirish” rejasiga muvofiq bilim yurti talabalari joriy yil 9-noyabr kuni soat 14:00 da “Ajdodlar merosini o‘rganish” mavzusida bilim yuri Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Rivojiddin Nasritdinov, bilim yurti uslubchisi Qodirov Hoshimxon va bilim yurti 1-bosqich talabalari (54-55 guruh) hamda guruh rahbarlari ishtirokida sayohat tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Sayohatning bugungi manzili – Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan “O’nbir Ahmad” ziyoratgohini tanishishdan boshlandi.

Majmuada talabalarga Usmonov Bahodir tomonidan allomani  hayoti va faoliyati, uning ezgu ish va amallarii haqida batafsil tushuncha berildi. 

SHuningdek, Maqbarani ziyorati jarayonida talabalar tomonidan Qur’oni karim tilovat qilinib, ushbu dargohdan o‘tgan barcha insonlar va majmuani obod bo‘lishiga xizmat qilgan mutasaddilarni haqilariga duo xayr qilindi. 

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi bunday tadbirlarning tez-tez o‘tkazilib turilishi talabalarning o‘tmish tariximizni yaxshiroq o‘rganishi, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik  hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар