Яратилиш санаси 10.11.2023

Muzeyga sayohat...

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida muhtaram Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarorida ta’lim tashkilotlarida “Ma’rifat kuni” loyihasi ijrosi hamda 2023-2024 o‘quv yilida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil 9-noyabr kuni bilim yurti 1-bosqich talabalari (54-55-guruh) hamda guruh rahbarlari Ismoilov Akramjon va Otaxanov Adhamjon hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi  Qodirov Hoshimjon ishtirokida ekskursiya tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Ekskursiyaning bugungi manzili Nanmangan shahridagi o’lkashunoslik davlat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarixiy osori-atiqalar, tabiat mo’jazalari bo’lmish jonivorlar haykallari va Yangi O’zbekistonning tarixiy yutuqlarini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishib, o’tmishga qaysidir ma’noda sayohat qilgandek bo’lishdi. 

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi bunday tadbirlarning tez-tez o‘tkazilib turilishi talabalarning o‘tmish tariximizni yaxshiroq o‘rganishi, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik  hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар