“Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”
Bilim yurtida 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan joriy 2023-yil 2 dekabr kuni davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda bilim yurti o’quv ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari S.Madmusayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasritdinov, o‘qituvchilar va talabalardan ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasritdinov 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”ni yurtimizda nishonlanishi mazmun mohiyatini keng tushuntirib berib so‘zi davomida “Silai rahm va yaxshilik qilishlikning fazilati” mavzusida Qur’on karim va hadislardan misollar keltirib notiq o‘z so‘zida silai rahmni uzish gunohligini, hech bir sabab silai rahmni uzishni halol sanagan, mumkin deb e’tiqod qilgan kishi jannatga kirmasligini aytib o’tdi. Bu haqda Payg‘ambarimiz alayhissalomdan quyidagi hadis rivoyat qilinadi: “Kesuvchi jannatga kirmaydi”. Sufyon o‘z rivoyatida: “Qarindoshlikni uzuvchi nazarda tutilgan”, deydi (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Silai-rahm musulmon kishiga farz bo‘lgan amaldir. Agar har birimiz silai-rahmga amal qilib, qarindosh urug‘larimizning holidan xabardor bo‘lsak, jamiyatdagi juda ko‘plab muammolar barham topadi.
Davra suhbati yakunida bilim yurtida tahsil olayotgan, 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan otasi yoki onasi vafot etgan 6 nafar talabalarga homiylarni jalb qilgan holda har birlariga 450 000 (to’rt yuz ellik ming) so‘mlik kastyum-shim jami; 2 700 000 (ikki million yetti yuz ming) so‘m moddiy va ma’naviy yordam tashkil etildi.
Rivojiddin Nasritdinov
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi boshlig‘i