Яратилиш санаси 05.12.2023

Bilim yurtida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi

Joriy yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni bilim yurti xodimi Abdurashidov Abduvahhob olib bordi. Ko‘rik tanlov Qur’on tilovati bilan boshlanib duoi xayrlar qilinidi va  musobaqa  qatnashuvchilariga omadlar tilandi.

Notiq o‘z so‘zida tadbir ishtirokchilariga omadlar tilab tashkil etilgan  musobaqa to‘g’risida so‘z yuritish uchun bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayevga  so‘z berdi. 

Notiq o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi o‘zgartirishlar kiritilganligi borasidagi  ma’lumotlar jumladan: yangi Konstitutsiyasida 

6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat ekanligini aytib, kelajakda talabalarning bu borada ilmiy salohiyatlarini oshirish to‘g’risida taklif va mulohazalarni berib o‘tdi. 

Tadbir musobaqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, bilim yurtining har bir  kurslaridan 1 nafar talaba ishtirok etdilar jami 4 nafar. Musobaqa 3 ta shartni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular quyidagilar:

1-shart. Ishtirokchi ko‘rik tanlov uchun tayyorlagan qo‘l ishlariga oid huquqiy ko‘rgazmalari mazmunini tushuntirdi.

2-shart. Tanishtiruv- ishtirokchi tanlov uchun tayyorlagan shiori, timsoli va ko‘krak nishoni mazmuni hamda ta’lim olayotgan bilim yurti haqida monolog yoki badiiy (yoki sahna) ko‘rinishda, yoxud multimedia vositasi orqali taqdimot qilishi yoki videorolik tarzida o‘zini tanishtirishi.

3-shart. Siyosiy-huquqiy sohadagi bilimlar bellashuvi.

Bunda har bir ishtirokchi tayyorlangan savollar biletidan bittadan oladi. Savollarga tayyorlanish uchun ishtirokchilarga 3 daqiqa, javob berish uchun 5 daqiqa vaqt ajratildi.

 Musobaqani baholash uchun bilim yurti ustozlaridan iborat hakamlar hay’ati tashkil etilib, shaffof holatda olib borishdi va quyidagicha baholadilar. 

Familiya va ismi

Kurs

1-shart 

2-shart 

3-shart 

 

Umumiy bal

 

Qo‘l mehnati, ko‘rgazma

Shiori, timsoli va ko‘krak nishoni

Siyosiy-huquqiy sohadagi bilimlar

1

Payg’amov Niyozbek

4-kurs 46-guruh

29

29

29

87

2

Akmalov  Ziyodulloh

2-kurs 52-guruh

25

21

30

76

3

Arabboyev Elshod

1-kurs 55-guruh

24

24

27

75

4

Bobamirzayev MuhammadAbdulloh

3-kurs 48-guruh

26

25

24

75

Musobaqa so‘ngida 3-o‘rin 1-kurs 55-guruh  talabasi Arabboyev Elshodbek va 3-kurs 48-guruh  talabasi Bobamirzayev MuhammadAbdulloh.

2-o‘rin 2-kurs 52-guruh talabasi Akmalov Ziyodulloh

1-o‘rin 4-kurs 46-guruh talabasi Payg’amov Niyozbek munosib deb topildi.

Tadbir so‘ngida bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev tadbir ishtirokchilarini qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlab,  tadbirni tashkil qilganlar va  ishtirokchilariga  o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bilim yuti Matbuot xizmati