Яратилиш санаси 21.10.2024

“Til millat ko’zgusi”

Ta’lim muassasasida joriy yil 21 oktyabr kuni, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan 21 oktyabr kuni “Til millat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ta’lim muassasasi direktori Q Mirzabaev, o’quv ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari S.Madmusayev va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i  R.Nasritdinov fan o‘qituvchilari, guruh murabbiylari  va talabalar ja’mi 175 nafar kishi qatnashdilar. 

Tadbirni ta’lim muassasasi o‘qituvchisi A. Otaxanov ochdi va olib bordi. Notiq o’z so’zida tashkil etilgan tadbir to’g’risida so’z yuritib tadbir ishtirokchilarini o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining  35 yilligi bilan tabriklab tadbirni davom ettirish uchun so’zni bilim yurti o’quv ishlari bo’yicha  mudir o’rinbosari S.Madmusayevga berdi. Notiq o’z sozida til – bu millat ko‘zgusi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixini namoyon qiluvchi asosiy muomala vositasi ekanligi  haqida to‘xtalib til – bu millat ko‘zgusi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixini namoyon qiluvchi asosiy muomala vositasi ekanligi, Ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilini asrash, rivojlantirish uchun qancha daholar, allomalar ter to‘kkani, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning o‘zbek tilining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, uni butun dunyoga tanitishdek buyuk zahmati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tili go‘zal va juda boy til, uni hurmat qilish va saqlab qolish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini ta’kidladi. 

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati