Яратилиш санаси 01.11.2024

Oktyabr oyi kitobxonlari aniqlandi

Sir emaski kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng katta omildir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochadi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Bunga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi muhimlikni yanada oshiradi. Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir. Ana shularni inobatga olib, yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyida arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi bo’lib o’tdi.

Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinadi va o’z samarasini berib kelmoqda. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga  xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.

Musobaqa shartiga ko’ra, oson bo’lishi uchun qancha miqdorda o’qishi oldindan belgilab berilgan bo’lib, ayrim talabalar qo’shimcha ko’proq kitob o’qishdi. Biz o’quvchilarni bu mehnatini qadrlab, ularni ham noan’anaviy tazrda hisobga kiritib, taqdirlashni lozim topdikki, toki boshqalar ham yuqoriga qarab intilsin.

Umumiy natijalarni hisoblaganda  bilim yurti 2-kurs 54-guruh talabasi Alixonov Abdurahmon oktyabr oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz ravishda bajarib hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qolga kiritdi. Bu borada natijalar qo’yidagicha:

  1. Alixonov Abdurahmon 2-kurs 54-guruh-31 kun
  2. Abdulvohidov Muhammadyusuf 3-kurs 51-guruh-29 kun
  3. Zokirjanov Musallambek 1-kurs 56-guruh-29 kun
  4. Ubaydullayev Qobiljon 2-kurs 54-guruh-28 kun
  5. Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh – 25 kun
  6. Abdumalikov Abduxoliq 2-kurs 54-guruh-22 kun


Qo’shimcha tarzda jami hisoblaganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 1-kurs 56-guruh talabasi Zokirjanov Musallam bo’ldi. Bu borada kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Zokirjanov Musallambek 1-kurs 56-guruh
  2. Abdulvohidov Muhammadyusuf 3-kurs 51-guruh
  3. Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh
  4. Ubaydullayev Qobiljon 2-kurs 54-guruh
  5. Alixonov Abdurahmon 2-kurs 54-guruh


Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 2-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kitoblar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni ta’lim muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabaev qo’llaridan qabul qilib oldilar. 

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta'lim muassasasi o’qituvchisi.