Яратилиш санаси 08.01.2025

"Hidoya" o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida qishki ta'tildan so'ng o'quv jarayonlari boshlandi…

Bugun, 8-yanvar chorchanba kunidan boshlab "Hidoya" o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2024-2025 o'quv yilining qishki ta'til  yakunlangani munosabati bilan o'quv jarayonlari ko'tarinki ruhda boshlandi.

Ta'lim muassasasining pedagog-o'qituvchilari qishki ta'til mobaynida ta'lim muassasasida tashkil qilingan o'quv seminarlarida qatnashdilar, bu esa o'z navbatida talaba-yoshlar bilan ishlashda qo'shimcha kuch-quvvat hamda rag'bat berib, yosh avlodni har tomonlama komil inson bo'lib yetishishlari uchun tarbiyalashda muhim omil bo'lib qoladi.

Ta'lim muassasasi pedagog-o'qituvchi va murabbiylariga talabalarga ta'lim-tarbiya berishlarida muvaffaqiyatlar, talaba yoshlarga esa foydali ilmlarni Alloh taolodan tilab qolamiz!

Taʼlim muassasasi Matbuot xizmati