Яратилиш санаси 17.02.2025

Ta’lim muassasasiga Nuroniylar tashrifi

“Hidoya” oʻrta maxsus islom ta’lim muassasasiga Namangan viloyati Davlatobod tumani “Muhammad al-Amiyn” jome masjidi imom xatibi Q.Abdurazzaqov boshchiligida Davlatobod tumani “Ijodkor” MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fahriy va nuroniy otaxonlar ta’lim muassasasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrif mobaynida mehmonlarga ta’lim muassasasi direktori Qobilxon domla Mirzabayev hamrohlik qildi, hamda ta’lim muassasa bilan tanishtirib uning faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.

Dastlab mehmonlar muassasada joylashgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining mintaqaviy filiali tashkil etilishi maqsad va vazifalari bilan tanishdilar.

Keyingi mazil faollar zali boʻlib, u yerda Is’hoqxon to’ra Ibrat va A’zamhon Kosoniy ijodlai va hayot yo’llariga atab  tashkil etilgan kichik muzey, tarixiy manbalar bilan tanishdilar.
 

Keyingi manzil ta’lim muassasasi talabalari oʻquv mashgʻulotlari oʻtadigan bino boʻldi. Zamonaviy kampyuterlar bilan jihozlangan lingafon xonasi bilan tanishib soʻng ta’lim muassasasi “hadis” fani oʻqituvchisi S.Aqilxanov tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan dars-mashg’ulotida ishtirok etdilar hamda yaqindan kuzatdilar. 

Keyingi manzil barcha adabiyot va darsliklar bilan ta’minlangan muassasaning axborot-resurs markazi boʻlib, markaz bosh mutaxassisi M.Kattabayevdan u yedagi kitoblar soni, adadi shuningdek u erda yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Keyingi manzil zamonaviy sport-jihozlari bilan boyitilgan yopiq sport zali boʻldi. U yerda talabalar spotning 12 turi hamda badan tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoit tashil etilganini koʻrdilar.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kursi va “Tayyorlov” kurslari haqida kurs rahbari Sh.Madaminov bilan suhbatlar bo’lib o’tdi.
 

Tashrif soʻngida talabalar turar joyi boʻlib, ta’lim muassasasi komendanti M.Najmiddinov hamrohligida u yerda talabalar uchun dam olish hamda istiqomat qilishi uchun yaratilgan qulayliklar, shinam, issiq va yorugʻ ekani haqida batafsil ma’lumotlar oldilar.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati