Яратилиш санаси 07.04.2025

SARF ILMINING AHAMIYATI

Arab tili bizning din tilimiz bo`lgani uchun bu tilni bilmoq biz bandalarga farz va zaruriydir. Boshqa har xil tilni bilmoq o`sha tilning sarfini, ya'ni qoidalarini bilmoqqa mavquf bo`lgani uchun har bir joyda o`quvchi bolalarga turkiy-o`zbek tilini o`qishni bilgandan keyin arab tilining sarfini o`qitmoq asosiy qonun bo`lgan. Lekin bizning bolalarimizga sarf o`qita boshlaganda arabcha tasnif qilingan risolalarni o`qitmoq maqsadga muvofiq emas. Sababkim, arab tilidan aslo xabari bo`lmagan o`quvchi bolalarga avval iborani mutolaa qildirmoq va undan keyin qoidalarni tushuntirmoq ko`r mashaqqat bo`ladi.

Grammatik qurilish. Olimlarning fikrlariga ko`ra, arab tili qadimgi somiylik xususiyatlarini boshqa qardosh tillardan ko`ra ko`rroq saqlab qolgan. Arab tilida fleksiya (ishtiqoq) vositasida so`z yasagan usuli keng qo`llaniladi. To`g`ri, o`zbek ham flektiv tillar sirasiga kiradi. Biroq hamma gar shundaki, arabiy ismlarda ro`y beradigan fleksiyalar ko`rincha so`z tarkibi ichida – “sinish” orqali ro`y beradi. Fe'llar zamon, shaxs, son jinslarga muvofiq fleksiyalar oladi.

Arab tilidagi so`z turkumlari, bizning tillarni o`rganishda odat bo`lganidek, o`n yoki shunga yaqin adadga ega deb tushunilmaydi. 

Ular uchtadir: fe'l, ism va harflar. Arab morfologiyasidagi so`z turkumlari, aslida, turkum guruhlaridir. 

Sarf ilmi tarixidan 

Sarf ilmi turli ma'nolarni anglatadigan kalimalarning turlarini o`rgatadigan ilmdir. Chunki arab kalimalari xilma-xil ma'nolarni anglatish uchun turli-turli bo`lib, turlanib keladi.

Bu fanni birinchi ijod qilgan Mu'oz ibn Musliminil-Xarrodir. Bu ilmning mavzusi arab tilining kalimalaridir. Bu fanda kalimalarning zotiga (o`zagiga) tushadigan e'lol (harf illatni bir-biriga almashtirish), ta'ziyf (ikkilantirish) va imola (alifni “yo” ga moyil qilib o`qish) va nisbat (qaratish va tegili qilish) va boshqa xolatlardan baxs qilinadi. Bu ilmni o`qishdan asosiy maqsad mubtadilarning, ya'ni o`qishni yangi boshlaganlarning zexniga lafzda bo`ladigan xatolardan saqlashdir. Shuning uchun bu ilmni o`qish mubtadilarga, lozim va zarurdir.

Ilmi safr haqida fors tilida yozilgan “Bidon”, “Sharhi Abdulloh” va boshqa kitoblar bor, bular o`rganish uchun muvofiq va qulay asarlardandir. 

Sarf fanida biz kalimalarning siyg`alari, ya'ni harflari va harakatlarining qanday ravishda o`zgarishi va shu o`zgarishlar tufayli kalimalardagi ma'nolarning ham o`zgarishini o`rganamiz. Masalan, bir masdar (o`zak)dan bir qancha bir-biriga yaqin so`zlarni yasashni o`rganamiz. Shuningdek, kalimalarning idg`omi va e'loli sababli sodir bo`ladigan o`zgarishlar hamda 22 boblarni sarf ilmida bayon qilinadi. Sarf ilmi deganda bitta so`zdan o`sha so`zga yaqin bo`lgan bir nechta so`z yasash tushuniladi.

Masalan o`zbek tilida “ish” so`ziga “chi”, “xona”, “lar” qo`shimchalarini qo`shish yo`li bilan ishchi, ishxona va ishlar kabi boshqa-boshqa ma'nolardagi bir necha so`zlarni yasaymiz. Shunga o`xshash arab tilida ham ??? (ish) so`zini oldiga ? harfini ziyoda qilib desak ????  ishxona, alifni qo`shib ???? desak ishchi, ikki alifni qo`shib  ????? desak ishlar degan so`zlarni yasaymiz.

Axunjanov Qobilxon

ta'lim muassasasi o'qituvchisi