Яратилиш санаси 30.06.2025

Madinayi munavvara tafsir maktabi

Madinayi munavvara roshid xalifalarning poytaxti edi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu kibor sahobalarni u yerni biror bir zaruratsiz yoki sahobalarning ba’zilarining o’zlari qattiq turib olmasalar, ularning tark etishlariga yo’l qo’ymas edilar. Chunki u kishi ulug’ sahobalar doimo yonlarida bo’lishini va Islom davlati ishlari borasidagi majlislarida o’tirishlarini xohlaganlar. U kishi ilmiy xalqalarni tashkil qilib, u yerda Islom davlatining har taraflaridan ilmga rag’bat qilganlar kelib qatnashishini qasd qilganlar. 

Bunday narsalardan xohlaganlardan biri Ubay ibn Ka’b bo’ladi. U kishining qiroatlari va tafsir borasidagi qarashlari Shom davlatidan keng yoyilgan. U kishining qo’llarida tobeinlardan bo’lmish ko’plab ulamolar ta’lim olib chiqqanlar. U kishining qo’llarida tahsil olganlar tobeinlar va tabatobeinlar bo’lganlar. 

Quyida Madinayi munavvara tafsir maktabining taniqli ulamolari haqida qisqacha ma’lumot keltirib o’tmiz:

Abu Oliya al-Riyohiy[1]

U Rofi’ ibn Mihron Abu Oliya riyohiy, basriy, Qur’on ustozi, bani riyohlik ayolning mavlosidir. U kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafotidan ikki yil o’tib Islomga kirgan. Qatoda u kishidan mana bu so’zini rivoyat qilgan: “Payg’ambaringiz sallollohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so’ng o’n yil Qur’on o’qidim. Qiroatni Zayd ibn Sobit, Ibn Abboslardan olganlar. Umar ibn Xattob va Ali ibn Abu Toliblarga o’tkazganlar. 

U kishi ko’plab sahobalardan rivoyat qilganlar. Ularning orasida Umar, ibn Mas’ud, Ali, Oishalar bor. Ibn Abbos roziyallohu anhu u kishini minbariga chiqarib: “Ilm sharif zotlarni mana shunday yanada sharafli qiladi. Podshohlar ham ularni o’z taxtlariga o’tqazdilar”, der edi. 

U kishidan ibn Abu Dovud rivoyat qiladi: sahobalardan keyin, qiroat ilmini Abu Oliyadek biladigan kishi yo’q. 

Suyutiy “Itqon” asarida keltirishicha, tafsir borasida Abu Ja’far arroziy Robiy’dan, u Anasdan, u Abu Oliyadan, u esa Ubay ibn Ka’bdan keladigan sanad ribvoyatlari juda ko’pni tashkil qiladi. U kishidan ibn Jarir, ko’pincha ibn Abu Xotim lar ham rivoyat qiladilar. Xuddi imom Ahmad “Musnad”larida, imom Hokim “Mustadrak”larida rivoyat qilganlaridek.[2]

U kishini Abu Hotim, Abu Zar’a va ibn Maiynlar siqa deganlar. 

Asarlarga tayangan tafsirlar ruknida Abu Oliyaning tafsirlari bir necha bor magistirlik risolalari qiliob yig’ildi. Qur’on va uning ilmlari fakulteti talabalari tomonidan bu ishlar amalga oshirilgan. Umumiy foyda olishlik maqsadida chiqarish uchun uning nashri kutib turibdi. 

Abu Oliya eng rojih qavlga ko’ra 90-yil hijriyda vafot etgan. 

Said ibn Musayyab

U kishi shayxul Islom, Madinaning faqihi, abu Muhammad al-maxzumiy bo’lib, tobeinlarning boshi bo’lganlar. O’n beshinchi yilda tug’ilganlar. Umar, Ubay, Aliy, Usmon, Zayd ibn Sobit, Abu Hurayra va boshqalardan rivoyat qilganlar. Haqni oshkor aytadigan keng ilmli bo’lganlar. 

U kishi haqlarida ibn Umar roziyalohu anhu shunday deganlar: “U Allohga qasamki, iqtido qilinadigan kishilardan biridir”. 

Aytiladiki, Umar va Usmonning hukmlarini uningdek hech kim bilmas edi.[3]

U kishi Qur’on haqida biror gap aytib, xato qilishdan juda qattiq qo’rqar edi. Tabariy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Men Madinaning ko’plab faqihlari bilan ko’rishdim. Ularning tafsir borasidagi gaplari ulug’ hisoblanadi. Bularning qatoriga Solim ibn Abdulloh, Qosim ibn Muhammad, Said ibn Musayyab va Nofe’lar kiradi. 

Yahyo ibn Said aytadi: Said ibn Musayyabdan bir kishi Qur’onning bir oyati haqida so’radi. Shunda u kishi: “Men Qur’on borasida hech narsa ayta olmayman”, deb javob berdilar. 

Bu javoblari ular bilmaydigan narsalari haqida deb haml qilinadi. Ammo o’zlaridan o’rgangan, lug’aviy va shar’iy dalolatlari haqida batafsil bilgan hollarida ularda bunday qiyinchilik bo’lmagan. Ulardan tafsir borasida ko’p qavllar naql qilingan. 

 Lays ibn Sa’d va Molik ibn Anasdan, ular Yahyo ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: aytiladiki, ibn Musayyab Umardan rivoyat qiladi. Lays aytadi: “Chunki u Umarning hukm va qodiyyalarini yaxshi biluvchi kishi edi”. Said ibn Musayyab to’qson uchinchi yili vafot etganlar. Yana bir qavlga ko’ra to’qson to’rtinchi yili degan gap bor.[4]

[1] Tazkirotul huffaz, 1/62. Xulosatu tazhibul kamol, 119. Tahzibut tahzib, 3/284. 

[2] Tazkirotul huffaz, 1/62. Tahzibut tahzib, 3/284.

[3] Tazkirotul huffaz, 1/54. G’oyatun nihoya fi toboqotil qurro, 1/308. Toboqotul kubro, ibn Sa’d, 5/120.

[4] Tazkirotul huffaz, 1/54. G’oyatun nihoya fi toboqotil qurro, 1/308.

Isoqjanov Muhammad Ibrohim, 

ta'lim muassasasi o'qituvchisi