
Qur’on va hadisda ota-ona hurmati
«Ota-onaga yaxshilik qilish», inson o`z ota-onasiga yaxshilik qilish bilan birga, ular qariganda ularga yaxshi muomalada bo`lishi kerakligini bildiradi.
Robbingiz undan o`zgaga sig`inmaslikni faqat unga sig`inishni va ota-onaga yaxshilik qilishlik, muruvvatli bo`lishni buyurdi. Birlari yoki ikkovlari qarishganlarida (katta yoshda yetganda, qari bo`lganda) sening qaramog`ingda sening huzuringda bo`lsalar hech qachon ulargan «uf» dema (huzuringda kelganda «uf» dema) ularga muloyim, shirin yaxshi so`zlarni gapiringlar va hamda, «qarindoshlarga yaxshilik qilish» qarindosh deganda, ota taraf, ona taraf ham kiradi, shuning uchun ular bilan aloqani yaxshi, bordi keldini uzmaslik kerak.Bu,Allohning bandalariga amri, buyrug’i, farmonidir bu bandalarning ixtiyoriga tashlab qo’yilgan ish emas. Xohlasa qilib, xohlamasa qilmaydigan havaskorlik ham emas. Qarib hech narsaga yaramay qolganda yuzlanadigan ko’ngil hushi emas. Bu amr Alloh taoloning qatiy va o’zgarmas buyrug’idir. Bu buyruqni bajarish har bir bandaning burchidir.
Allohning ibodatidan keyingi keladigan ish ota-onaga yaxshilik qilishdir. Bu ham Allohning amri. Alloh taolo o’ziga ibodat qilishga chaqirgan amrdan keyin shu jumlaning davomida ota-onaga yaxshilik qilishni ta’kidlamoqda. Bu ikki hukmning bir oyatdagi bir jumlada bayon qilinishining o’ziyoq islomda ota-onaning haqqi qanchalik ulug’ ekanini ko’satadi. Bu jumlaning <uff> so’ziga bog’liq ikki xil ma’nosi bor. Bir ma’nosi ota-onaga yomon so’z aytib, behurmat qilma degani bo’lsa, ikkinchi ma’nosi ota-onang oldida <uff> dema, ular bolam og’ir holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir.Ota-onangga hech bir ozorni ravo ko’rma, qanday yaxshi so’z bo’lsa, o’shani ota-onangga ravo ko’r.
Ota - onaga yaxshilik qilmoq. Dunyodagi jamiy odamlar, birinchi bo`lib ota onasiga yaxshilik kilishi kerak, chunki ota ona farzand ko`rgandan keyin bolasiga yemay yediradi, ichmay ichdiradi, kiymay kiydiradi, agar bolasi «oh» desa jonini berishga tayyor turadigan bu ota onalardirlar. Payg`ambarimiz Muhammad (S.A.V.) onani otaga nisbota darajasini baland ekanligini ushbu hadisda aytganlari.
Abu Xurayradan, bir kishi Rasulullohdan so`rab aytdiki kimga yaxshilik qilishga haqliman dedilar. Rasululloh dedilar: Onangga so`ng u kishi kimga silai rahm qilishga xaqliman dedilar Rasullulloh, onangga dedilar undan keyin kimga yaxshi muomalada bo`lay dedilar. Rosululloh onangga dedilar, undan keyin kimga deganda, Payg`ambarimiz (S.A.V.) Otangga yaxshilik qilgin dedilar.
Hadisi sharifda: Ulardan keyin boshqa yaqin qarindoshlaringa yaxshilik qilgin dedilar. Bundan kelib chiqadiki biz avvaliga onaga yaxshilik qilishimiz kerak ekan, chunki (S.A.V.) uch bor onangga undan keyin otangga dedilar, sababi Alloh ta'olo onani otaga qaraganda zoif qilib yaratdi, va yana u (ona) hamilodor bo`lgan paytidagi qiyinchilikka va undan keyingi kiyinchilikka, ya'ni farzand qo`rgandan keyin uni emizdiradi va uni kechasi va kunduzi demasdan unga xech narsa bo`lmasindeb ona uning atrofidan bir zum ham ketmasligini Payg`ambarimiz nazarda tutganlar va undan keyin otaga, ota ertalab uydan chiqib oilasini boqish uchun ishlab ovqat topib keladi, ona esa uyda o`tirib uy ishlarini bajaradi va «Xamda yaqin qarindoshlarga yaxshilik qilishimiz kerak», Alloh taola ko`p oyatlarda ota-onaga, va qarindoshlarga yaxshilik kilishga buyurdi
Aqilxanov Saidolim
ta'lim muassasasi o'qituvchisi