Fiqhiy qoida sharhi
"أن الطلاق متى وقع، وقع فى الأماكن كلها"
Qoida:
“Taloq qachon sodir bo‘lsa, barcha joylar va makonlarda ham sodir bo‘lgan hisoblanadi.”
Bu qoidaga oid misollar va masalalar: Shulardan:
“Agar: Sen Makkada taloqsan yoki ‘Makkada taloq bo‘lding’ desa, ayol darhol taloq bo‘ladi va bu barcha joylarda amal qiladi. Chunki taloq ma’lum bir joy bilan cheklanmaydi.
Yana misollardan:
“Agar er: ‘Sen taloqsan’, ‘Sen ajrashgansan’ yoki ‘Seni taloq qildim’ desa, bitta raj’iy taloq tushadi. Hatto u ko‘proqni yoki butunlay ajratishni niyat qilgan bo‘lsa ham, yoki umuman niyat qilmagan bo‘lsa ham."
Yana:
“Agar oqil va balog‘atga yetgan kishi boshqa birovning xotinini taloq qilsa, bu uning erining roziligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Chunki taloq garchi unga ahil boʻlgan kishidan o‘z o‘rniga nisbatan aytilgan bo‘lsa ham, u vakolat (huquq) asosida sodir bo‘lmadi, taloq tushishi uchun er bu odamni vakil qilishi kerak edi”.
Ismoilov Akramxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi