“Muxtasar asarini yod olgan talabalar shartnoma sertifikati bilan taqdirlandi”
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-2026-o’quv yili mart-iyun oylarida barcha talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Muxtasar-ul-Viqoya” kitobi boshi poklik kitobidan to nikoh kitobigacha beshta faslni bir martada yodlagan holda umumiy 98 ball to’plab 1-o’rinni egallagan ta’lim muassasasi 56-guruh talabasi Alisherov Hasanboy Dilmurod o’g’li ta’lim muassasasi tomonidan 2026-2027-o’quv yili uchun bir yillik shartnoma to’lovi sertifikati bilan taqdirlandi. Bundan tashqari ushbu shartni bajarib jami 66 ball to’plab 2-o’rinni egallagan 57-guruh talabasi Miraliyev Muhammadsharif Murodilla o’g’liga 50% shartnoma to’lovi sertifikati berildi. Ushbu talabalar tahorat, namoz, ro’za, zakot va haj kitoblarini mas’ul ustozga to’liq yodlab o’tkazishdi.



Ushbu talabalarga sertifikatni bu yilgi o’quv yili boshida barcha talaba va ustozlar guvohligida Namangan viloyat bosh imom xatibi Abdulloxon domla Samatov va “Hidoya” ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla Mirzabayev topshirdilar.
Musobaqa har yili uch bosqichda o’tkazib kelinadi. Bu yilgi musobaqa 1-3 bosqichlari oktabrdan boshlanib iyun oyigacha davom etadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi