Яратилиш санаси 09.09.2026

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 1-bosqich talabalari uchun tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi

2026-2027-o‘quv yilini boshlagan 1-bosqich talabalarini ta'lim muassasasi hayoti, o‘quv va ma'naviy-ma'rifiy muhit bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning yangi ta'lim dargohiga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida «Birinchi kurs maktabi» tadbirlari doirasida muassasa bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi o‘tkazildi.

Yoshlarimiz kelgusida ta'lim oladigan, izlanadigan hamda ma'naviy-ruhiy jihatdan kamol topadigan quyidagi maskanlar va qulayliklar bilan tanishdilar:

• 📖 Yorug‘ va keng o‘quv xonalari: Zamonaviy axborot texnologiyalari va qulay o‘quv mebellari bilan jihozlangan shaffof sinf xonalari diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallash uchun xizmat qiladi.
 

• 🕌 Shinam va fayzli masjid: Talaba-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarda ibodatlarni jamoat bo‘lib ado etishlari, Qur'on tilovati va ma'rifiy suhbatlar o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlarga ega fayzli maskan.
 

• 🏛 200 o‘rinli majlislar zali: Turli ma'rifiy anjumanlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, uchrashuvlar va ma'naviy-ma'rifiy tadiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan shinam hamda keng zal.
 

• 🩺 Shifokor xizmati (Tibbiyot xonasi): Talabalar va ustozlar salomatligini doimiy nazorat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktika ishlarini olib borish uchun malakali tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

• 📚 Kutubxona va axborot-resurs markazi: Boy diniy-ilmiy adabiyotlar fondi, nodir manbalar va elektron kitoblar bazasi tolibi ilmlarning bilim doirasini kengaytirishga ko‘maklashadi.


 

• 🏛 Ma’naviyat xonasi: Milliy va islomiy qadriyatlarni chuqur o‘rganish, davra suhbatlari va ma'rifiy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus xona.


 

• 🍽 Shinam va ozoda oshxona: Talabalarga sifatli, halol hamda belgilangan me'yorlarga to‘liq javob beradigan taomlar ulashiladigan ozoda ovqatlanish zali.


 

• ⚽ Sport zali va mini-futbol maydonchasi: Talabalarning jismoniy tobi va salomatligini mustahkamlash uchun zamonaviy sun'iy qoplamali майдон va sport anjomlari.


 

🏠Talabalar turar joyi: Barcha qulayliklarga ega shinam xonalar, dars tayyorlash zonalari hamda doimiy xavfsizlik va ozodalik nazoratidagi yotoqxona.


 

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida yaratilgan ushbu zamonaviy imkoniyatlar tolibi ilmlarda katta taassurot va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


 

Yangi o‘quv yilida barcha talabalarimizga Parvardigordan o‘tkir zihn, ilmi nofe' va manfaatli muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🤲✨

⌨️Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati