Яратилиш санаси 17.10.2026

Usulul Fiqh ilmi

Olamlarning robbisi Alloh Taologa hamd bo‘lsin. Elchilarning sayyidi bo‘lmish Muhammad alayhis salomga, u kishining oila a’zolariga va jamiyki ashoblariga salovatu salomlar bo‘lsin.

Usulul fiqh shar’iy dalillardan amaliy hukmlarni chiqarib olishda ishlatiladigan qoidalarni o‘rganadigan ilmdur. O‘z o‘rnida shar’iy dalillar to‘rttadir: Kitob (Qur’on), Sunnat, Ijmo va Qiyos.

Kitob bu Rosululloh S.A.V. ga arabiy nozil bo‘lgan, sahifalarda yozilgan, u kishidan hech qanday shubhasiz mutavotir darajada naql qilingan Qur’ondur.

Sunnat Nabiy alayhis salomdan qavl (so‘z) yoki fe’l yoki taqrir ularoq sobit bo‘lgan narsalardir. Xususan, qavliy (so‘zga doir) sunnat bu Muhammad alayhis salom aytgan gaplaridir. Fe’liy sunnat esa Nabiy alayhis salom qilgan ishlaridir. Taqririy sunnatga kelsak, Rosulullohning huzurlarida bir ishning bo‘lishligi va u kishining bu ishga rozi bo‘lganliklari ularoq yekida yaxshi sanagan holda munosabat bildirmasliklari.

Ijmo Muhammad alayhis salomning ummatlaridan bo‘lgan fiqhiy mujtahidlarning bir ishga ittifoq qilishlari. Bu ish hoh Sahobalar davrida bo‘lsin va hoh u davrdan keyin. Ijmo'ga imom Shofeiy rohimahulloh Qur’oni karimdan quyidagi oyatni dalil qiladilar: “Kim o‘ziga hidoyat ravshan bo‘lgandan keyin Payg‘ambarga xilof ish qilsa va mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa…”. (Niso surasi 115-oyat). Hadisi sharifdan esa Nabiy alayhis salomning ‘’Alloh bu ummatni zalolatda jamlamaydi’’ mazmunidagi hadislari dalil bo‘la oladi. Bu ummatning ijmosi amal qilishni vojib qiladigan qat’iy hujjatdir.

Qiyos bu taqdiriy masalalarning Qur’ondagi, sunnatdagi yoki ijmodagi illatiga va hukmiga o‘xshash asli bo‘lgan masalalar bilan taqqoslab hukm chiqarishdir. Qiyosga hadisi sharifdan dalil: Rasululloh S.A.V. Muoz ibn Jabal Rodiyallohu anhuni Yamanga qozi qilib yuborayotganlarida undan so‘radilar: — "O‘rtalarida nimaga tayanib hukm qilasan?"
Muoz (r.a.): "Allohning kitobi bilan", — dedilar.
— "Agar Allohning kitobida u haqda topolmasang-chi?"
Muoz (r.a.): "Rasulullohning sunnati bilan", — dedilar.
— "Agar Rasulullohning sunnatida ham, Allohning kitobida ham topolmasang-chi?"
Muoz (r.a.): "O‘z fikrim bilan ijtihod qilaman’’, — dedilar.
Shunda Rasululloh S.A.V. "Allohning Rasulining elchisini Allohning Rasuli rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamd bo‘lsin", — dedilar. Qiyosning hukmi aqliy va naqliy hujjatdir.

Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilib qo‘ygan Alloh Taologa hamd bo‘lsin. Sayyidul Mursalin bo‘lgan Muhammad Sallallohu Alayhi va Sallamga, u kishining ahli baytlariga va sahobiylarining barchasiga salavatu salomlar bo‘lsin. Bizga dinni tushunishni yengillatgan mujtahid ulamolarimizdan, xususan, Abu Hanifa rohimahullohdan Alloh rozi bo‘lsin.

Jamoliddinov Seyman

ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi