Яратилиш санаси 19.10.2026

Abu Oliya al-Riyohiy Madina tafsir maktabi yirik namoyondasi

U Rofi’ ibn Mihron Abu Oliya riyohiy, basriy, Qur’on ustozi, bani riyohlik ayolning mavlosidir. U kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafotidan ikki yil o’tib Islomga kirgan. Qatoda u kishidan mana bu so’zini rivoyat qilgan: “Payg’ambaringiz sallollohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so’ng o’n yil Qur’on o’qidim. Qiroatni Zayd ibn Sobit, Ibn Abboslardan olganlar. Umar ibn Xattob va Ali ibn Abu Toliblarga o’tkazganlar. 

U kishi ko’plab sahobalardan rivoyat qilganlar. Ularning orasida Umar, ibn Mas’ud, Ali, Oishalar bor. Ibn Abbos roziyallohu anhu u kishini minbariga chiqarib: “Ilm sharif zotlarni mana shunday yanada sharafli qiladi. Podshohlar ham ularni o’z taxtlariga o’tqazdilar”, der edi. 

U kishidan ibn Abu Dovud rivoyat qiladi: sahobalardan keyin, qiroat ilmini Abu Oliyadek biladigan kishi yo’q. 

Suyutiy “Itqon” asarida keltirishicha, tafsir borasida Abu Ja’far arroziy Robiy’dan, u Anasdan, u Abu Oliyadan, u esa Ubay ibn Ka’bdan keladigan sanad ribvoyatlari juda ko’pni tashkil qiladi. U kishidan ibn Jarir, ko’pincha ibn Abu Xotim lar ham rivoyat qiladilar. Xuddi imom Ahmad “Musnad”larida, imom Hokim “Mustadrak”larida rivoyat qilganlaridek.[1]

U kishini Abu Hotim, Abu Zar’a va ibn Maiynlar siqa deganlar. 

Asarlarga tayangan tafsirlar ruknida Abu Oliyaning tafsirlari bir necha bor magistirlik risolalari qiliob yig’ildi. Qur’on va uning ilmlari fakulteti talabalari tomonidan bu ishlar amalga oshirilgan. Umumiy foyda olishlik maqsadida chiqarish uchun uning nashri kutib turibdi. 

Abu Oliya eng rojih qavlga ko’ra 90-yil hijriyda vafot etgan. 

[1] Tazkirotul huffaz, 1/62. Tahzibut tahzib, 3/284.

Isoqjonov Muhammadibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi