Яратилиш санаси 18.12.2022

Jabariylar

Jabariylar (arab tilidagi, "jabr" soʻzidan — zoʻrlik ishlatish, majbur qilish maʼnosida) — 7-asr oxiri — 8-asr boshida islom ilohiyotida paydo boʻlgan oqimlardan biri. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qoʻygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yoʻq, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni oʻzlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surganlar. Iroda erkinligi tarafdori boʻlgan qadariylarga qarshi boʻlganlar. 

Muhammad (sav) ning paygʻambarligini, xalifalar hukmronligini ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jahon urushlarida musulmon jangchisining oʻlimini taqdir bilan bogʻlab mutaassiblikni kuchaytirishda Jabariylar taʼlimotining ahamiyati katta boʻlgan. 

Shuning uchun Jabariylarni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qoʻllab-quvvatlab, ularga qarshi boʻlgan diniy firqa va siyosiy guruhlarni taʼqib ostiga olganlar.Jabariylar toifasi yana shunday deydilar: "har bir kofir islomga kirsa, demak, u aslida musulmon ekani bilinadi. 

Agar musulmon kofir bòlsa, uning aslida kofir ekani bilinadi.Chunki al-miysoq kuni kofir bòlgan",-deganlar. aslida esa bizning ahli Sunna val-jamoa esa:"Kofir agar islomga kirsa ,islomga kirguncha bòlgan vaqti kofir bòladi.Musulmon bòlgandan keyin oldingi qilgan gunohlari kechiriladi. Musulmon  kishi kofir bòlsa ,to kofir bòlgunicha òtgan vaqtda musulmon bòladi va dindan chiqqach ,amallari zoye ketadi.

Boltaboyey  Abulqosim

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti  talabasi