Jaholatga qarshi ma’rifat
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va har-xil ma’naviy taxdidlardan asrash maqsadida ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida maxallalar kesimida xam keng targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borish yuklatilmoqda.
Xozirgi kunda yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga va o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaxarlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solmoqda. Oqibatda esa bunday mafkuraviy xurujlar natijasida ba’zilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasidan tonib, unga xiyonat kilib, vatanparvarlik tuyg‘ularidan maxrum bo‘lib, insoniylik tabiatidan xam chiqib qolganini o‘zlari tushunmayapti. Muxtasar kilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom xayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga xurmat-extirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirish zarur.
Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga karshi ma’rifat bilan kurashish xar qachongidan ko‘ra muxim axamiyat kasb etmokda.
Muqaddas dinimizda musulmon qanday bo‘lishi kerak? degan savolga oddiy qilib javob berilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak so‘zlarida «Musulmon, uning qo‘li va tilidan boshqa birovlarga aziyat va ozor yetmaydigan kishidir» deganlar.
Ayrim ota-onalar bola tarbiyasi xususida juda beparvolik qiladilar. Ular uchun bu dunyoda faqat o‘z shaxsiy yumushlari, ko‘cha-ko‘ydagi ulfatlari bilan uzok vakt ovkatlanib o‘tirishlari, moddiy mablag‘ to‘plash yo‘lidagi bordi-keldilari birinchi o‘rindagi vazifayu, oila a’zolarining, farzandlarining axloqiy va ma’rifiy tarbiyalari bilan shug‘ullanish ikkinchi darajali ish bo‘lib kolgan. O‘tgan asrdagi mutafakkir olimimiz Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda, “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” deganlar.
Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam hadislarida: “Har biringiz bir rahbarsiz va qo‘l ostingizdagilar haqida mas’ulsiz” — deganlar.Hozirgi kunda ayrim o‘quvchi va talabalarning dars hisobiga bozorga, ba’zilarining turli noshar’iy, ko‘ngilochar joylarga ketib qolishlari joiz emas.
Vaqtimizni g‘animat bilib, o‘zimizni xam bolalarimizni xam ilm, kasb-xunar, sport va manfa’atli ishlar bilan mashgul kilishimiz barchamiz uchun foydalidir. Chunki xalkimizning ertangi kuni kanday bulishi farzandlarimizning bugun kanday ta’lim va tarbiya olishlariga bog‘liq. Farzandlarimizga Vatan, millat va diniga muxabbatli bo‘lish xissinini uygotish, xiyonat, sotqinlik, beparvolik kabi illatlarga “Jaxolatga qarshi ma’rifat” bilan qarshi kurashishni shakllantirish lozim.
Qurbonov MuhammadQodir
"Hidoya" oʻrta maxsus islom
bilim yurti talabasi