Яратилиш санаси 22.12.2022

"Islom jihodi" guruhi

Bu firqa Turkiston islom harakati rahbari Tohir Yo'ldoshevning faoliyatidan norozi bolib, ajralib chiqqan, sobiq jangarilar N.Jalolov va S.Bo'ronov tomonidan 2001 yilda tuzilgan. Bu ikki shaxs Pokistondagi aksilterror operatsiyasi davomida yo'q qilingan.

Tashkil topgan kundanoq, o'ta radikal kayfiyatda bo'lgan mazkur to'da rahbarlari O'zbrkistonda qo'poruvchilik harakatlarini rejalashtira boshlagan. Xususan, J.Boymirzayev va A.Bekmirzayev boshchiligidagi guruh O'zbekiston hududida terrorchilik xurujlarini tashkil etishga rahbarlik qilgan. Bu ishga, asosan, Qozog'istonda tayyorgarlik ko'rilgan va 2003 yil aprel oyidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida bir necha jamoatlar yashirin tarzda faoliyat yurita boshlagan.

"Islom jihodi guruhi" 2004 yilning mart oyida Toshkent shahrida, Toshkent va Buxoro viloyatlarida bir necha terroristik harakatlarni amalga oshirgan va portlatishlarda ilk bor "jihodchi ayollar"dan foydalanganlar. 

Bundan tashqari, mazkur guruhning 2009 yilning may oyida Andijon shahrida o'z-o'zini qurbon qilish yo'li bilan amalga oshirilgan terroristik xurujlarga aloqadorligi haqida ma'lumotlar mavjud..

Karimov Muhammadrasul

"Hidoya" o'rta-maxsus islom
bilim yurti talabasi