Яратилиш санаси 09.10.2023

Hazrat Ibrohim alayhissalomning Alloh taologa ko’rsatgan odoblari

Ibrohim alayhissalom o’zlarining butparast qavmlarini tavhidga chorlab, tavhid darsini o’tdilar va o’zlarining parvardigorlarini tanitish maqsadida shunday dedilar:

الَّذِي خَلَقَنِي فَهُوَ يَهْدِينِ (٧٨) وَالَّذِي هُوَ يُطْعِمُنِي وَيَسْقِينِ (٧٩) وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur. Uning O'zigina meni yedirur va ichirur. Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur. (Shuaro surasi, 78-80-oyatlar).

Subhanalloh, bu oyatda, bu kalomda naqadar nozik jihatlar mavjud, ya’ni  paydo qilish, xidoyat berish, taomlantirish, ichimlik ichirish, shifo berish kabi sifatlarni Alloh taologa nisbat qilib berayaptilar. Lekin bemorlik sifatini esa o’zlari tarafga mansub qilayaptilar. Albatta, aslida bemorlik ham Alloh taoloning tomonidan, uning  izni bilan bandaga keladi. Lekin yomon ko’z bilan qaraganda bemorlikni aybga yo’yish mumkin. Shuning uchun Alloh taologa uning nisbatini berish, U zotga bo’lgan odobga xilof  hisoblanadi. Shu sababdan: “Qachonki men bemor bo’ladigan bo’lsam, u menga shifo beradi”, deb bemorlikni o’zlariga nisbat bermoqdalar. Shubha yo’qki, so’zga nisbatan bunday yondashuv Alloh taologa nisbatan odobning go’zal namunasi xisoblanadi.

Hazrat Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi. 

Muhammad Ibrohim Isoqjonov 

Hidoya 'rta maxsus islom
 bilim yurti oʻqituvchisi