Talabalik odobi
Hadisi şarifda keladiki, “Ilm nurdir”. Qaçonki qalb uşbu nur bilan munavvar bölsa, insonga fazilat va kamolot hayoti nasib etadi. Agar ilm bölmasa, inson va hayvon örtasidagi farq yöqoladi. Biroq ilm olişning ham öziga xos şartlari bor. Hazrat Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan söraldi: “Ilm afzalroqmi yoki mol-dunyo?”. Aytdilar: “Ilm”. Söraldi: “Buning dalili nima?” Aytdilar: “Ilm payğambarlarning merosidir, mol-dunyo esa Firʼavn va Qorunning merosidir”.
1. Ilm sababli döstlar köpayadi, mol-dunyo sababli esa hasadçilar paydo böladi;
2. Ilmning öğirlanişi xavfi yöq, mol-dunyoda esa xotirjamlik (xavfsizlik) yöq;
3. Ilm eskisa, tarqaladi/rivojlanadi, mol-dunyo eskisa, qimmatini (qadrini) yöqotadi;
4. Ilm egasining izzat-hurmati ortadi, mol-dunyo egasining esa uyat-şarmandaligi ortadi;
5. Ilm sarflansa köpayadi, mol-dunyo sarflansa kamayadi;
6. Qiyomat kunida ilmning hisob-kitobi qilinmaydi (söralmaydi), mol-dunyodan esa hisob berişga töğri keladi;
7. Ilm bilan qalb munavvar böladi, mol-dunyo bilan esa qalb qorayadi;
8. Ilm insonni muhofaza qiladi. Molni bölsa, inson muhofaza qiladi.
9. Alloh taolo molni har bandaga beişi mumkin. Lekin ilmni özi suyganlariga beradi;
10. “Ilmning köpligi sababli Payğambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Mötabar Zot! Senga haqiqiy ibodat qiliş loyiq bölganidek ibodat qilolmadik” (yaʼni, Seni haqqing bilan taniydigan darajada topina olmadik) dedilar. Mol-dunyoning köp meyoridan oşişi sababli esa Firʼavn: “Men sizlarning eng oily Parvardigoringizman”, dedi.
Quyoşday ravşanki, boylik bilan dunyoning baʼzi katta foydalariga erişiş mumkindir, lekin har bir muşkulotda boylik iş beravermaydi. Masalan:
Boylik bilan közoynak sotib olişimiz mumkin, lekin köriş qobiliyatini sotib ololmaymiz.
Boylik bilan yumşoq örin-töşak sotib olişimiz mumkin, lekin şirin uyquni sotib ololmaymiz.
Boylik bilan kitoblarni sotib olişimiz mumkin, lekin ilmni sotib ololmaymiz.
Boylik bilan xuşomadni sotib olişimiz mumkin, lekin biror kimning muhabbatini sotib ololmaymiz.
Boylik bilan taqinçoqlarni sotib olişimiz mumkin, lekin gözallikni sotib ololmaymiz.
Boylik bilan uyga xizmatçi olib kelişimiz mumkin, lekin farzand olib kela olmaymiz.
Boylik bilan soç böyoğini sotib olişimiz mumkin, lekin yoşlikni sotib ololmaymiz.
Şunday ekan, insonga boylik ketidan quvuvçi böliş örniga ilm ketidan quvuvçi bölib, dunyo va oxiratda yuzi yoruğlikka erişmoği lozimdir.
Isoqjonov Muhammad Ibrohim
taʼlim muassasasi öqituvçisi