Яратилиш санаси 26.11.2026

Fiqhiy qoida şarhi

القاعدة: "أن القضاء على الغائب لا يجوز"

Qoida: «Ğoyib (hozir bölmagan) kişining ustidan hukm çiqariş joiz emas».

Uşbu qoidaning maʼnosi va mazmun-mohiyati:

Alloma Burno şunday deganlar: «Ğoyib (sudda hozir bölmagan) kişining ustidan hukm çiqariş joiz emas. Çunki u hozir bölganida edi, ehtimol öziga nisbatan daʼvo qilingan narsadan pok (aybsiz) ekanini isbotlab bergan bölar edi. Lekin ğoyibga nisbatan daʼvo qilinayotgan narsa hozir bölgan  kişiga nisbatan daʼvo qilinayotgan narsaning ajralmas sababi bölsa, u holda ğoyibning ustidan ham bilvosita (zimnan) hukm çiqariş joiz böladi». 

Uşbu qoidaning misollari va masalalari:

Imom Marğinoniy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Ğoyib kişining molidan faqatgina şu kişilargagina (yaʼni xotini, ota-onasi va bolalariga) nafaqa hukm qilinadi; çunki ulardan boşqa mahramlarning nafaqasi faqat qozining hukmi bilangina vojib böladi. Zero, bu ijtihodiy masala bölib, ğoyibning ustidan hukm çiqariş esa joiz emas». 

Yana şunday masalalardan biri: «Kafilning ustidan kafillikning töğri (sahih) ekani haqida hukm çiqariş — ğoyibning ustidan qarzning sobit (töğri) ekani haqida hukm çiqariş demakdir. Çunki kafilning kafilligi isbotlanişi ğoyib bölgan asl qarzdorning zimmasida qarz borligiga dalil hisoblanadi. Zero, qarz kafillik uçun zaruriy sababdir. Bu holat kafillik umumiy bölganida yoki ğoyibning buyruği (roziligi) bilan bölganida şundaydir».

Ismoilov Akramjon

ta’lim muassasasi öqituvçisi