Яратилиш санаси 29.11.2023

HADIS ILMINING AHAMIYATI

Alloh taolo bandalarini ilm o‘rganishga undadi, ulamolarni maqtadi, va ularni nomlari bilan zikr qilib, martabalarini baland qildi. Ularning shahodatini O‘zining tavhidiga bergan shahodati va  farishtalarining shahodatiga yaqin qildi. Alloh taolo: “Alloh adolat ila turib, albatta undan o’zga iloh yo’qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o’zga iloh yo’q. U aziz va hakiym zotdir” (Oli Imron surasi, 18 oyat) Va qo'rqishda ham ularni alohida zikr qildi. Alloh taolo shunday marxamat qiladi: “Allohdan bandalaridan faqat olimlargina qorqurlar” (Fotir surasi: 28 oyat). Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Olimlar payg'ambarlarning merosxo'rlari ekanligi, farishtalar ilm talab qilganlarga qanotlarini yoyishlarini xabarini berdilar. 

Hadis ilmi, Alloh taolo nazdida eng sharafli va eng ulug‘ ilmlardan hisoblanadi, chunki u orqali Alloh taoloning kalomlari nimani anglatishini bilib olinadi va u orqali banda shariatni to’la-to’kis bilib oladi. 

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marxamat qiladilar: Kimki mening sunnatimdan bir sunnatni tiriltirsa, unga amal qil;ganning savobini misli beriladfi dedilar. Shuningdek, hadis ilmi bilan mashg‘ul bo‘lish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqida ma’lumot yetkazish va u zotning amriga rioya qilish hamda ul zotkning sunnatlariga amal qilish demakdir.

Aqilxanov Saidolim 

“Hidoya” oʻrta maxsus islom 
bilim yurti oʻqituvchisi