Яратилиш санаси 16.09.2024

Olamlarga rahmat paygʻambar

Joriy yil 16-sentyabr kuni “Hidoya“ o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ta’lim muassasasi o‘qituvchi-mudarrislari, xodimlari va  talabalar ishtirok etdilar. 

Kirish so‘zida ta’lim muassasasi o‘qituvchisi A.Otaxanov muborak Rabi’ul avval oyi ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy haqida so‘z yuritib, bu oyda barchalarimiz olamlar sarvari, butun insoniyatga oxirzamon payg‘ambari qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning siyratlarini, hayotlarini yanada kengroq o‘rganish, har bir amalimizda u zotga ergashish lozimligi haqida aytib o‘tdi. 

So‘ng ta’lim muassasasi mavlud fani o‘qituvchisi O.Isaqov so’z olib, ishtirokchilarga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, xulq-atvorlari haqida so‘z yuritib, “Buyuk xulq sohibi”, “Olamlarga rahmat payg‘ambar” mavzularida batafsil ma’lumotlar berdi.  

Tadbir yakunida shodiyona munosabati bilan tayyorlangan sovg’alar va shirinliklar ustoz va talabalarga ulashildi

Bilim yurti matbuot xizmati