Noyabr oyi kitobxonlari taqdirlandi
Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilishva yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.
Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinadi va o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa noyabr oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda olti bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi.
Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida na’lim muassasa 2-kurs 54-guruh talabasi Ubaydullaev Qobilxon noyabr oyida belgilangan betlarni boshqalardan ko’proq kunda bajargani uchun g’oliblikni qolga kiritdi. Bu borada e’tiborli natijalar qo’yidagicha:
- Ubaydullaev Qobilxon 2-kurs 54-guruh-28 kun
- Nazrullayev Muhammadsodiq 2-kurs 54-guruh-20 kun
- Hakimjonov Mirzosharif 2-kurs 54-guruh-18 kun
Qo’shimcha tarzda o’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng kop kun kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 48-guruh talabasi Sa’dullaev Muhammadyunus bo’ldi.
- Sa’dullaev Muhammadyunus 4-kurs 48-guruh-20 kun
- Abdumalikov Baxtiyor 4-kurs 48-guruh-19 kun
Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 2-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kitob va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Sovrinlarni ta’lim muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabaev topshirdilar.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinad.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi