
Ta’lim muassasasida navbatdagi mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi…
Joriy yilning 15-fevral kuni "Hidoya" o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida, muassasa direktori Q.Mirzabayev raisligida navbatdagi mudarrislar kengashi yig’ilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili M.Abbasiddinov, o’quv ishlari bo‘yicha direktor o'rinbosari S.Madmusayev, o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i A.Tursunov va barcha bo’lim boshlig’lari hamda ta'lim muassasasi pedagog-oʻqituvchi-mudarrislari va tegishli xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda kengash raisi Q.Mirzabayev kun tartibidagi asosiy masalalar bilan tanishtirib o’tdi. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan diniy sohadagi islohotlar yangiliklar borasida soʻz yuritib o’tdi.
Birinchi masala yuzasidan o’quv ishlari bo‘yicha direktor o'rinbosari S.Madmusayev 2024-2025 o’quv yili I-yarim yil yakuni, II-yarim yillikdagi vazifalar; ikkinchi masala bitiruvchi talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan yagona olimpiada yakunlari; o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i A.Tursunov Hadis va aqoid fanlarini o’qitilishi hamda turli masalalar ko’rib chiqildi.
Tanqidiy va dolzarb mavzularda bo’lib o’tgan yig’lishda Musoxon domla Abbasiddinov yaratib berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanish, ilm olish va ilm berish fazilati, talabalarni xalq va vatanga muhabbat bilan hizmat qilish hamda kelgusida bitiruvchi talabalarni imom boʻlishdek sharafli kasbga munosib qilib tarbiyalash haqida soʻz yuritdi.
Yig’ilishda shuningdek muassasa oʻqituvchi-mudarrislar va xodimlarining lavozim yoʻriqnomasini yangilangan holda tanishtirish, odob-ahloq masalalari, guruh rahbarlari faoliyati, hujjat yuritishi, mehnat qonunchligi hamda davomat masalalari koʻrildi.












Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati