
“Qur’oni karim va tajvid bilimdoni”
Mart oyi “Qur’oni karim va tajvid fani” oyi munosabati bilan 2025-yil 3-aprel kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ta’lim muassasasi direktori, o‘qituvchilar va talabalari qatnashdilar. Musobaqani ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Adhamjon Otaxanov olib bordi va musobaqani ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla Mirzabayev ochib berdi. Har ishning avvali Allohning kalomi bilan boshlanganidek, tadbirimizning avvali ham muassasamizning talabasi Obidov Abbos qorining go‘zal tilovati bilan boshlandi.



Musobaqaninng hifz yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta ishtirokchi, tilovat yo‘nalishi bo‘yicha esa 16 ta ishtirokchi o‘z yo‘nalishlarida bellashdilar. Musobaqaga ta’lim muassasasi Qur’oni karim va tajvid fani o‘qituvchilari Rivojiddin Nasriddinov, Nuriddin Xoshimov, Alisher Muhiddinovlar hakamlik qildilar. Hakamlarning ishtirokchilarga qo‘ygan ballarini ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Hoshimjon Qodirov nazorat qildi.










Musobaqa muassasaning ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin tutadigan an’anaviy tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu yilgi musobaqa ikki yo‘nalishda — hifz va tilovat bo‘yicha tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida Qur’onni yod olish, uni go‘zal tarzda tilovat qilishga bo‘lgan mehr va intilishni oshirish, shu bilan birga, ularning salohiyatini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori saviyada o‘tdi. Har bir ishtirokchi o‘zining tayorgarligi va Qur’onga bo‘lgan muhabbati bilan hakamlar hay’atining va tomoshabinlarning hurmatini qozondi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra hifz yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - 2-bosqich 54-guruh talabasi Nazrilloyev Muhammadsodiq 90.3 ball bilan,
2-o‘rin - 1-bosqich 57-guruh talabasi Muxitdinov Abdulaziz 78.6 ball bilan,
3-o‘rin - 3-bosqich 51-guruh talabasi Abdulvohidov Muhammadyusuf 75.6 ball bilan aniqlandi.



Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - 3-bosqich 53-guruh talabasi Umarov Rahmatulloh 91.6 ball
2-o‘rin - 4-bosqich 48-guruh talabasi Mamajanov Musoxon 83 ball
3-o‘rin - 3-bosqich 51-guruh talabasi Abdumuttaliyev Suxrobbek 81.3 ball bilan g‘olib deb topildi.



ularga esdalik sovg‘alari, diplomlar va mukofotlar topshirildi. Gʻoliblarga taqdim etilgan sovg‘alar Qur’onga xizmat qilish yo‘lidagi mehnatlariga munosib rag‘bat sifatida qabul qilindi.
Tadbir yakunida muassasa rahbariyati, o‘qituvchi-ustozlar hamda hakamlar hay’ati ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini izhor etib, ularga kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlarini tiladilar.
Musobaqa talabalarning Qur’onga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamladi va ularni ilm, hurmat, Qur’onga bo‘lgan muxabbat yo‘lida sabot bilan harakat qilishga ilhomlantirdi.
Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati