Яратилиш санаси 10.12.2025
Kitob yarmarkasi o‘tkazildi
Kitob – insonning eng yaxshi do‘sti u kishini fikrlashga undaydi, tafakkur manbaini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlardan biri hisoblanadi.




Shu ma'noda, bugun, 10 dekabr “Hidoya” o‘rta mahsus islom ta’lim muassasasida "Hilolnashr" hashriyoti jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan kitoblar yarmarkasi yuqoridagi fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda kitobxonlar o‘zbek va jahon adabiyotida namoyandalari hamda yurtimiz ulamolarining asarlarini mutolaa va xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.







Ta'lim muassasasi matbuot xizmati