“Sog'lom e'tiqod-saodat kaliti”
Joriy yil 23-dekabr kuni “Hidoya” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida “Dekabr - Aqoid, Falsafa asoslari, fuqorolik jamiyati hamda Davlat va din munosabatlari” fanlari oyligi munosabati bilan yoshlar orasida sof e'tiqodni yanada rivojlantirish uchun aqoid fanidan “Sog'lom e'tiqod-saodat kaliti” shiori ostida musobaqa o'tkazildi.





Guruhlarni tashkil etishga doir qoidalar
1. Tanlovda ishtirok etish uchun kurslar kesimida to‘rtta guruh shakllantiriladi.
2. Guruhlar o‘zlariga nom tanlashadi.
3. Har bir guruhda kurslar kesimida umumiy to‘rttadan talaba ishtirok etishi tavsiya etiladi.
II tanlovning shartlari va baholash mezoni
Tanlov to‘rtta shart asosida o‘tkazilishi belgilangan.
Birinchi shart – allomalar hayotini yoritib berish
Unga ko‘ra har bir guruhdan bittadan ishtirokchilar chiqadi (navbat qur’a asosida aniqlanadi). Talabalar avvalda tayyorlab qo‘yilgan konvertlardan birini tanlaydi va ismi yozilgan olimning hayoti, ilmiy faoliyati va asarlari haqida batafsil ma’lumot beradi.
Bu shart uchun nomzodlarga tayyorlanib olishi uchun 1 daqiqa va javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Birinchi shart bo‘yicha har bir to‘g‘ri va to‘liq javob uchun 10 balldan baholanadi
Ikkinchi shart – aqidaviy matnlardan birini davom ettirish.
Unga ko‘ra talaba chiqib berilgan biletlardan birini tanlaydi va matnni yoddan davom ettiradi. Matnning qancha qismini aytish kerakligi hakamlar tomonidan belgilanadi.
Bu shart uchun matnni to‘g‘ri va to‘liq davom ettira olgan talaba uchun 20 ballgacha beriladi.
Uchinchi shart – kalom ilmiga oid bir mavzuni bayon qilish.
Bunda talaba konvertlardan birini tanlab, unda berilgan aqidaviy mavzuni og‘zaki tarzda yoritib beradi. Talabaga tayyorlanishi uchun 1 daqiqa, javob berishi uchun esa 4 daqiqa umumiy hisobda 5 daqiqa vaqt beriladi.
Bu shart bo‘yicha har bir talaba 15 ballgacha baholanadi.
To‘rtinchi shart – bu shartda ekranda qo‘yilayotgan Kahoot dasturi orqali jamoaviy o‘yin o‘tkaziladi.
Dasturga 25 ta savollar kiritilgan bo‘lib, natijalar dastur orqali avtomatik tarzda chiqarib beriladi.












Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati