Яратилиш санаси 25.12.2025

Ta’lim muassasasida ochiq dars bo‘lib o‘tdi...

️«Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida dekabr oyi “Dekabr - Aqoid, Falsafa asoslari, fuqorolik jamiyati hamda Davlat va din munosabatlari”  fanlari oyligi munosabati bilan «Kalom ilmi» (Aqoid) fani o‘qituvchisi Nuriddin domla Xoshimov 2-kurs 56-guruh talabalariga «MUTASHOBIH OYATLAR VA ULAR HAQIDAGI E’TIQODIMIZ» mavzusida ochiq dars o‘tdi.

Mutashobih: Alloh ta’oloning zoti va sifatlarini bildiradigan hamda unga (Allohning zoti va sifatlariga) aloqador bo‘lgan, ularning asl mohiyatini bilishdan aql ojiz qoladigan kalimalarga aytiladi
مثلا: وجه الله , يد الله , نفس , أصبع , ساق , جنب ,
استوي , جاء , ينزيل , فوق ...

Mutashobih oyatlarga ikki xil muomala qilinadi:

1- Tafviz ) (التفويض)(tapshirish)
2- Ta’vil (التأويل)(izohlash)

▫️Ushbu ochiq darsni o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Sodiqjon domla Madmusayev, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Rivojiddin Nasritdinov, o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i Abdulboqi domla Tursunov hamda ta’lim muassasasining boshqa tajribali va yosh ustozlari kuzatib, tahlil qildilar.

▫️Dars interfaol, zamonaviy uslub va metodlar asosida bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati