“Sogʻ tanda sogʻlom aql”
Ta’lim muassasasining 2025-2026-o‘quv yilida Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ning yillik ish rejasiga muvofiq “14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining Vatan himoyachilari kunining 34 yilligi” bayrami munosabati bilan tuzilgan rejaga muvofiq joriy yil 14-yanvar kuni sportning “Stol tennisi”, “Tosh ko‘tarish”, “Shaxmat” va “Milliy kurash” turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani ochib berish uchun so‘zga ta’lim muassasasi direktori barchani bugungi bayram bilan qutladi va musobaqada qatnashayotgan sportchilarga ma’naviy ozuqa ulashdi. Ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Sh.Karabayev o‘tkaziladigan sport musobaqalari “Stol tennisi”, “Tosh ko‘tarish”, “Shaxmat” va “Milliy kurash” turlari bo‘yicha ma’lumotlar berib, shartlarini eslatib musobaqaga start berdi.
Musobaqa murosasiz va qizg‘in tarzda boshlanib o‘z kuch-quvvat va mahoratiga ega bo‘lgan talabalar go‘liblik shoz-suppalariga ega bo‘ldilar.










Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Milliy kurash bo‘yicha musobaqa natijalari:
1-o‘rin 1-kurs talabaasi SHaripov Yormuxammad,
2-o‘rin 1-kurs talabasi Abdulxamidov Muxammadqodir,
3-o‘rinni 4-kurs talabasi Xakimjonov Samandar.
Sport musobaqalarining shaxmat turi bo‘yicha musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra,
1-o‘rinni 3-kurs talabasi Arobboyev Elshodbek,
2-o‘rinni 4-kurs talabasi Qubiddinov Ayubxon,
3-o‘rinni 4-kurs talabasi Almatov Muxammadamin egalladi.
Stol tennis turi bo‘yicha
1-o‘rinni 3-kurs talabasi Xoshimov Abdulhay,
2-o‘rinni 2-kurs talabasi Miraliev Muxammadsharif,
3-o‘rinni 2-kurs talabasi Abdurazzaqov Abbos egalladi.
Sportning tosh ko‘tarish turi bo‘yicha
1-o‘rinni 2-kurs talabasi Nabijonov Isoxon,
2-o‘rinni 4-kurs talabasi Boltabaev Abdulqosim,
3-o‘rinni 3-kurs talabasi Abobakirov Muhammadyusuf egalladi.












Boʻlib oʻtgan musobaqa keskin, murasasiz hamda koʻtarinki ruhda oʻtdi. Musobaqa soʻngida g'oliblarga ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati