Яратилиш санаси 15.01.2026

Zakovat bellashuvining 3-turi bo’lib o’tdi

Qishqi ta’tildan qaytgan talabalar aql-zakovati va bilimlarini yanada charxlash maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning 3-tur bahslari tashkil etildi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarni o’z ichiga olgan 6 ta guruhi bellashdilar. 

Ular huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu tur ham qizg’zin va murosasiz bo’lib o’tdi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Bellashuv 1-bosqichi 6 turdan iboratdir. 

Musobaqa yanada shiddatli o’tishi uchun ham aqliy ham mantiqiy savollar ila murojaat qilindi. Bu jarayon yil bo’yi davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim 
muassasasi fiqh fani o’qituvchisi