“Ilm va ma’rifatga bag‘ishlangan hayot — yoshlar uchun ibrat”
2026 yil 20-yanvar “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda davra suhbati tashkil etildi. Davra suxbatini ta’lim muassasasi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari R.Nasriddinov ochdi va olib bordi.Mazkur tadbirda taklif etilgan mehmon Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi Davron Abdurahmanov ishtirok etib, o‘z ma’ruzasida islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar, xususan, shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning hayot yo‘li, ilmga sadoqati, mashaqqatli davrlarda ham ma’rifat bayrog‘ini baland tutgani haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Yusufxon to‘ra Shokirov nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo musulmonlari ma’naviy hayotida o‘chmas iz qoldirgan zabardast olim hisoblanadi. U zotning Buxorodagi Mir Arab madrasasidan boshlangan, Al-Azhar universiteti, Toshkent davlat universiteti hamda Moskvadagi ilmiy faoliyatgacha bo‘lgan hayot yo‘li yoshlar uchun sabr, matonat va ilmga muhabbatning yuksak namunasidir.



Davra suhbatini “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rivojiddin domla Nasritdinov ochib berdi va tadbirni olib bordi. U o‘z kirish so‘zida shunday ulug‘ zotlar hayotini o‘rganish orqali talabalarda ilmga intilish, vatanparvarlik va ma’naviy barkamollikni shakllantirish muhim ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning: diniy va dunyoviy ilmlarni uyg‘un tarzda egallagani; islom ta’limi muassasalarida rahbar va ustoz sifatidagi xizmatlari; ilmiy asarlari va tarjimalari; shogirdlar tarbiyasidagi o‘rni alohida misollar bilan yoritib berildi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar, erkin muloqot va fikr almashuvlar bilan o‘tib, talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, ulug‘ allomalar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati