Яратилиш санаси 26.01.2026

Ta’lim muassasasida yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi

"Hidoya" o’rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025–2026 o‘quv yili uchun o‘quv jarayon jadvaliga muvofiq, barcha kurs talabalari joriy yilning 26-yanvardan 7-fevral kunlari ikki hafta davomida yakuniy nazorat sinovlarini topshiradilar. Imtihon jarayonlari belgilangan tartibga ko‘ra, tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilmoqda.

 

Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish va baholash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida maktabda imtihonlar HEMIS tizimi orqali test shaklida o‘tkazilmoqda. Bu tizim inson omilini kamaytirish va natijalarni tezkor e’lon qilish imkonini beradi.

Shuningdek, yakuniy nazorat sinovlari belgilangan talablar asosida o‘tkazilishini doimiy nazorat qilib borish maqsadida imtihonlar videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda amalga oshirilmoqda.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati