Яратилиш санаси 28.01.2026

«Ilmga intilish — kamolot sari qadam»

Bugun 28-yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Namangan viloyat vakili Samatov Abdulloxon domla ishtirokida tashkil etildi. 

Tadbirda ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla Mirzabayev, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sidiqjon domla Madmusayev, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rivojiddin domla Nasritdinov hamda muassasaning professor-o‘qituvchilari va talabalar jamoasi qatnashdilar.

Uchrashuv davomida Abdulloxon domla yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, ilm olishda qat’iyatli bo‘lish, vaqtdan unumli foydalanish hamda ulug‘ ulamolarning ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Suhbat davomida tarixiy manbalar, mashhur allomalar hayotidan ibratli misollar keltirilib, ilm ahli uchun sabr, ixlos va doimiy izlanish eng muhim omil ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarga ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash, ma’naviy poklikni saqlash, ilmni faqat manfaat uchun emas, balki jamiyatga foyda keltirish maqsadida o‘rganish lozimligi haqida qimmatli tavsiyalar berildi. 

Tadbir so‘ngida ta’lim muassasasida o‘qishda faollik ko‘rsatgan, intizomli va namunaviy natijalarga erishgan 6 nafar talabaning har biriga 5.000.000(besh million) so‘mdan ja’mi 30.000.000(o‘ttiz million), 2 nafar talabaning har biriga 7.500.000(yetti yarim million) so‘mdan ja’mi 15.000.000(o‘ttiz million) so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sog‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji va ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasa hisob raqamiga 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m miqdorida moddiy yordam topshirildi.

Mazkur ma’rifiy suhbat talabalarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda mas’uliyat, intizom va ma’naviy barkamollik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati