Яратилиш санаси 28.01.2026

“QUR’ONI KARIM VA TAJVID” O’QUV KURSLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI ONLAYN DARS BO’LIB O’TDI

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Respublikamizdagi “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Bugun 28.01.2026 sanada navbatdagi silsilaviy dars bo’lib o’tdi. ZOOM platformasida bo’lib o’tgan ushbu darsda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda Din ishlari bo’yicha qo’mitaning mas’ul xodimi Elyor Alimqulov ham ishtirok etib, mas’ullarga kerakli tavsiyalarni berdilar.

Shundan so’ng bo’lim boshlig’i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ma’ruza qildi.

Bo'lib o'tgan onlayn darsga Ta'lim maussasasi direktori Q.Mirzabayev hamda qur'on kursi ustozlari ham ishtirok etdilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati