Яратилиш санаси 21.05.2026

Ilm talab qilishdagi himmat

Peshqadam buyuk ulamolarimiz bu azim dinning xizmati uchun ko’plab kuch-g’ayratlarini sarf qilganlar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sunnatlarini hamma narsadan ustun bilganlarki, sababi, Sunnat bu bir tarafdan Qur’oni karim bilan birgalikda shariatning masdari hisoblansa, ikkinchi tarafdan Qur’oni hakimni ma’nolarini ochuvchi, uning oyatlarini tafsir qiluvchi hamda ularni xoslovchi va qaydlovchi hamdir. Qolaversa, faqih ulamolarimiz xuddi Qur’oni sharifdek sunnati nabaviydan ham shar’iy ahkomlarni chiqarib oladilar. 

Alloh taoloning mana shu ummatga yengilligi va tavfiqi sababidan ham ko’plab ulamolar o’zlarining hayotlarini ushbu muqaddas ilm xizmati bilan sharfladilar. Ilm yo’lida bor juhdlari va toqatlarini sarfladilar. Sahriat ilmlari va nabiyimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi va sallamning muborak hadislarini ta’limi ishqida uzoq yo’llarni bosib, undagi mashaqqatlarga bardosh berdilar. Shunda ham shuncha mehnatlarining sababi hech bir dunyovi ne’mat bo’lmagan. Aksincha, dunyo matohlari bu yo’lda o’tkazgan biror kunlarida ham ularning shuriga ta’sir o’tkaza olmagan. Ularning bor-yo’q niyatlari Alloh taoloning buyrug’iga bo’ysinish bo’lgan xolos. 

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:  “Har jamoadan bir nafar toifa bo’lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo’lsalar.  Tavba surasi, 122-oyat. 

Imom Hammod ibn Salama mana shu oyatdan ulamolarning ilm sababidan safar qilishlari lozim ekanligi borasida hukm olgan. 

Muhammad ibn Vazir al-Vositiy aytadi: Hammoddan so’raldi: Ey Abu Ismoil, Alloh taolo Qur’oni Karimda hadis ahlini ham zikir qilganmi? 

U kishi: ha, Alloh taoloning mana bu oyatini eshitmaganmisan: “Har jamoadan bir nafar toifa bo’lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo’lsalar.  Tavba surasi, 122-oyat. 

Mana shu oyat ilm va fiqh yo’lidagi har qanday safar hamda ilmni olib ortga qaytib kelishiga ham dalolat qiladi.  Xatib Bog’dodiy, “Hadis talabida safar”, (1/87)

Imom Shofeiy aytadilar: ilimda faqatgina uni yetishmovchiliklarda qidirganlargina najot topadilar. Men bir vaqtlar qog’oz qidirib yurar edim, menga bu ko’p mashaqqat tug’dirar edi. Bu ilm hech kimni mulk yoki nafs izzati bilan qidirib kelib, najot toptirmaydi, lekin kimki, uni nafsini xorlab, yetishmovchilikda, ilimning xizmati va nafsining tavozesida qidirar ekan shunda najot topadi. Rahbar bo’lishingdan oldin, albatta, faqih bo’l. Agar avval rahbar bo’lib olsang, keyin faqih bo’lishga yo’l yo’q. Kimki ilm talab qilar ekan, daqiq bo’lsin. Shunda limning daqiq joylarini qo’ldan chiqarib yubormaydi. Kimki ilmga muhabbat qo’ymas ekan, unda yaxshilik yo’qdir. Sen bilan uning oralaringda hech qanday do’stlik ham, tanish bilishchilik ham bo’lmaydi. “Ism va lug’atlar ta’limi”, (1/75)

Yahyo ibn Yahyo al-tamimiy Abdulloh ibn Yahyo ibn Abu Kasirdan, u esa otasidan rivoyat qiladi: “Ilmni jismning rohati bilan hosil qilinmaydi”.  Sahihul Muslim. 612-hadis.

Ahmad ibn Hanbaldan so’radilar: ilm talab qilayotgan kishining tanlovida ilmi ko’p bir olim va safar qilish imkoniyati bor. U bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan afzal?

U kishi javob berdilar: unday odamning safar qilib, ko’plab shaharlar ulamolaridan ilm yozib oladi, odamlar bilan tanishadi hamda ulardan ham nimalarnidan o’rganadi.  Xatib Bog’dodiy, “Hadis talabida safar”, (47-bet)

Ahmad ibn Hanbaldan so’radilar: kishi ilm yo’lida safar qiladimi? 

U kishi javob berdilar: ha, alabatta. Alqama ibn Qays nahaiy Kufa ahlidan, Iroqdan bo’lgan. Unga Umardan bir hadis yetib kelganda, uni o’ziga qanoat qilmay Madinaga, Umarning yoniga shu hadisni talimini olgani borganlar. So’ngra o’zidan shu hadisni eshitganlar. 

Yahyo ibn Maiyn aytadi: to’rt kishi borki, ularning to’g’ri yo’lda ekanligiga ishonch yo’q. U kishi shunday kishilar orasida o’zining yurtida hadis olib, boshqa shaharlarga ilm talab qilib chiqmaganlarni ham sanadi.

Isoqjonov Muhammadibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi