Yanvar oyi kitobxonlari taqdirlandi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov yanvar oyida ham davom etdi.
Musobaqa shartiga ko’ra yanvar oyida har kuni qo’shimcha tarzda o’n bir bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi. Bu yo’nalishda esa har kuni 28 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.
Bu oydagi musobaqada jami 13 nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 2 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 4-kurs 51-guruh talabasi Abdulboriyev Ibrohimjon yanvar oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:
- Abdulboriyev Ibrohimjon 4-kurs 51-guruh-31 kun
- Jomoliddinov Shohjahon 3-kurs 54-guruh-31 kun
- Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh-30 kun
- Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh-18 kun
Qo’shimcha tarzda hisoblaganda qo’yilgan shartlarga ko’ra, ya’ni davomiylikni va kunlar kesimida oyning aksar qismida kitob o’qilganini e’tiborga olganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 2-kurs 57-guruh talabasi Munavvarov Ahror bo’ldi. Bu borada kuchli uchlik quyidagicha:
- Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh
- Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh
- Abdulvohidov Muhammadyusuf 4-kurs 51-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kitob mutolaa qilgan talaba esa 4-kurs 51-guruh talabasi Abdulboriyev Ibrohimjon bu borada ham g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan holda kitoblar, kiyim va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi