Ta'lim muassasasida ota-onalar bilan uchrashuv o'tkazildi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2026-2027 o’quv yili boshida 54-guruh 4-kurs talabalari ota-onalari bilan o’zaro muloqot, fikr almashuvi bo’lib o’tdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad-kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar rejasi, ota-ona va ustozlar o’rtasida aloqani yanada mustahkamlash, madrasa va talabalar faoliyati haqida ma’lumot berish edi.



Ushbu tadbirni ta’lim muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev ochib berdi. Qobiljon domla ushbu ta’lim dargohida talabalarga yaratilgan sharoitlar, bitiruvchilarga qo’yilgan talablar, madrasaning xozirgi kundagi faoliyati, talabalarni imomlikka tayyorlash masalasi, xalq xizmatiga talabalarni xozirlash, odob-axloqdagi e’tibor berilishi muhim bo’lgan jihatlar va bu borada kuzatilayotgan ayrim kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi.



So’ng so’zga shu guruh rahbari Yusufxon Shodiyev chiqib, talabalar o’qishi, ko’rsatayotgan natijalari, bu yilgi shartnoma to’lovini amalga oshirish nizomi kabi holatlar haqida ma’lumot berdi.
Keyingi so’zni aqoid fani ustozi Kalimulloh domla Mahmudov olib, ota-onalar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar haqida ibratli misollar asosida nutq so’zladi.
Tadbir so’nggida ota-onalarga ham so’z berildi. Ota-onalar tomonidan so’zga chiqqanlar bunday uchrashuvlar manfaatli bo’lishi, kelajakda ustozlar bilan otalar aloqasini uzviy bog’lash kerakligi aytib o’tildi. Tadbir erkin muloqot tarzida olib borilib ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Do’stona o’tgan tadbirga kelgusi rejalar borasida kelishib olindi. Uchrashuv so’ngida yoshlari ulug’ otaxonlar tomonidan xayrli duolar qilinib tadbirga yakun yasaldi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim
muassasasi o’qituvchisi, 54-guruh rahbari