“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 2022-2023 o‘quv yili boshlandi
Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami hamda 2022-2023 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan joriy yil 6 sentyabr kuni o‘qituvchi-mudarris, xodim va talabalar ishtirokida “Mustaqillik buyuk ne’mat” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar boyicha mudir o’rinbosari olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulhay domla Tursunov ishtirok etdi.
So‘zni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulhay domla Tursunovga berildi. Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi ta’lim-tarbiya bilan shakllanadi. Demak, ta’lim-tarbiya kelajak poydevori hisoblanadi. SHunday ekan, odob-axloq bilan farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi. Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi deb madrasani ertangi ravnaqi uchun muhim ko‘rsatmalarini berdilar.
Kirish so‘zida A.Bobamirzaev tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, tadbirni Qur’oni karim tilovati bilan boshlashlikni taklif etdi va bilim yurti o’qituvchisi Nuriddin Xoshimov tilovat qilib berdi.
Tadbirda Abdulhay domla talabalarga o‘zlarini kerakli pand-nasihatlarini berib, boshlangan o‘quv yilini xayrli va barakali bo‘lishi uchun duo qildilar.
2022-2023 o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni mustaqillikning 31 yillik bayrami bilan qutladi.
Tadbir so‘ngida Qur’on tilovati bo‘lib, Prezidentimizni xalq farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan xayrli faoliyatlarida yaratganning O‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini doimiy bo‘lishligini, xalqimizning farovon hayoti yanada yuksalishini hamda yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksaltirishda xizmat qilib o‘tgan marhum O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’niyevich karimov va O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov haqlariga va qatag’on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab duoi xayrlar qilindi.
Tadbir so‘ngida bilim yurtida 2021-2022 o’quv yili oktyabr-iyun oylarida “arab tili” fanidan talabalar o’rtasida kitobxonlik savodini oshirish maqsadida xar oy o’tkazib kelingan “Oy kitobxoni” ko’rik tanlovi umumiy natijalariga ko’ra 1 nafar talaba mutloq g’oliblikni qo’lga kiritib bilim yurtini faxriy yorlig’i va bir million (1 000 000) so’m va muxtasari viqoya kitobidan tahorat bobidan nikoh bobigacha to‘liq yodlagan quyidagi 1 nafar talaba o‘quv yili shartnoma to‘lov sertifikati va maqtov yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirdan so‘ng bilim yurti o‘quv xonalarida guruh rahbarlar tomonidan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.
O’quv mashg’ulotida O’zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy tadqiqot bo’limi tomonidan tayyorlangan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusidagi slayd asosida o‘tkazilib, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, mustaqillik yillarida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, istiqloldan keyin diniy qadriyatlar va diniy ta’limga e’tibor mavzularida so‘z yuritilib, talabalarga talabalik huquqini bergan mustaqillikning ahamiyatini keng tushuntirib berildi.
Dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati