Яратилиш санаси 23.07.2021

Yurtimiz allomalarining buyuk merosi

Bugungi kunda yurtimiz allomalarining me’rosiga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib bormoqda. Ma’lumki xalqimiz azaldan butun dunyo svilizatsiya va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Buyuk alloma va mutafakkirlarimizning yutuqlari haqida so’z yuritar ekanmiz eng avvalo ularning tarihiga nazar tashlashamiz lozimdir.

    Ma’lumki Islom dini Movorounnahr diyoriga kirib kelishi bilan ularning qobilyatlari ochilishiga, hayotning ko’plab jabhalarida o’zlarini peshqadamliklarini isbot qilishga olib keldi.

     O’sh vaqtlarda movorounnahr diyorida mavjud bo’lgan barcha ilmlar bo’yicha yetuk olimlar chiqibgina qolmay , balki bir qator ilmlarga asos solgan   ulug’ zotlar ham yetishib chiqdilar. Agarda biz tarihga narzar tashlaydigan bo’lsak, hayotning barcha sohalarida ko’zga ko’ringan arboblar dunyoga dong’i ketgan shahslar ayni islom davrida va soyasida vujudga kelgan. Butun olamga fan va madaniyat markazlari sifatida tanilgan shaharlarimiz ham osha paytda nazarga tushgan desak mubolog’a qilmagan bo’lamiz. Muxtasar qilib aytganda islom inson hayotini dinniy va dunyoviy hayotda bir butun haqiqat deb qaraydi. 

   Albatta jahonda hech bir din ilm olishni ibodat darajasiga ko’targan yoki talabi ilmning har bir erkak va ayol uchun farz qilgan emas. Ulamolar qonini shahidlar qoniga tenglashtirgan emas.  Islom esa aynan shu ishlardi qildi.

   Alloh Taolo ilm izlashni va o’rganishni barcha bandalariga buyurgan. Alloh o’z kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: ,, … Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja (martaba) larga ko’tarur, Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan habardordir,”.

     Bundan tashqari payg’ambarimiz Muhammad sollolohu alayhi vasallamdan ilm va uning fazilatlari haqida juda ko’plab hadisi shariflar rivoyat qilingan.

     Sa’d ibn Vaqqos rodiallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  nabiy sollolohu alayhi vasallam : ,, Men uchun ilmning fazli ibodatning fazlidan mahbubroqdir. Diningizni yaxshisi vara (shubhali narsalardan chetlanish) dir dedilar.

   Ko’rinib turibdiki islom ilm va uning fazilatlari yuqori darajaga ko’tarilgandir.

 Shuningdek yurtimizda ham bu sohaga juda katta e’tibor berildi va juda katta islohotlar bo’lib o’tdi. Mustqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadryatlarlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizning ta’mirlashga va buyuk allomalarimizning nomlari qayta tiklandi. Yurtimizning bir qator viloyatlarida o’tgan yillar davomida yashab ijod qilgan allomalar va muqaddas ziyoratgoh va qadamjolar obod etildi. Buhoroda ,,Mir arab” oily madrasasi, Samarqandda, Hadis ilmi maktabi” Toshkentda ,, Islom akademiyasi” ning barpo qilinishi ham yaqqol misol bo’la oladi.

   Buyuk mutafakkir allomalarimizning jahon svilizatsiyasiga qo’shgan o’rni haqida so’z yuritar ekanmiz eng avvalo musulmon olamida Muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan buyuk bobomiz imom al-Buhoriy nomlarini hurmat ila tilga olamiz.

    Bu muborak imomni to’liq ismlari Abu Abdulloh ibn abdul Hasan Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’iyra ibn Bardizba Jo’fiy al-Buxoriy hijriy 109 va milodiy 809 yilning shavvol oyiga o’n uch kun qolganda juma kunida Xartang qishlog‘ida dunyoga kelganlar. Islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham e’tirof etilganlar.16 yoshlarida onalari va akalari bilan haj safariga boradilar va o’sha yerda qolib ketadilar.Imom Buhoriy juda parhezkor va Rasulullohning hadislarini ulug’laydigan zot edilar. Barcha hadislarni tahorat va poklik holidagina rivoyat qilganlar.Imom Buxoriy umrlari bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullanganlar, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Imom Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plaganlar, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilganlar.Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir.shuningdek «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan.Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasalarda payg‘ambarimiz sollolohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik sifatida qo‘llanma hisoblanadi. Shuningdek milliy tarihimizning yana bir yulduzi Abu ali al-Husayn ibn abdulloh ibn Sino qomusiy olim va faylasuf 980-yilda Buhoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tavallud topganlar va 1037-yil 16-avgustda vafot etganlar. Abu Ali ibn Sino G’arbda ,,Avetsena” nomi bilan mashhurdir. Buyuk mutafakkir bobomiz yoshliklaridan ilmga chanqoq va zukko bolganlar. O’n yoshga yetar yetmas qur’oni Karimni to’la yod oladilar. Alloma juda ko’p sohalarda ijod qilganlar. Shuningdek tibbiyot sohasida ham juda katta yutuqlarga erishganlar. Ibn Sino tib ilmini abu Mansur al-Husayn ibn Nuh al-Qumriydan egallaydilar. O’n yeti yoshlaridayoq Buhoroda mohir tabib sifatida taniladilar ayni vaqtda alloma hisob va aljabr bilan ham shug’ullandilar. Arab tili va adabiyotini mukammal egalladilar. Olimning eng mashhur asarlari ,, Tib qonunlari” kitobidir. Bu kitob yurtimiz va shuningdek dunyoning eng nufuzli o’quv yurtlarida asosiy tibbiy darslik sifatida o’qitilmoqda. Dunyo miqyosida tibbiyot ilmini fundamenmti bo’lib xizmat qilmoqda.  Bu es yurtimiz allomarining jahon svilizatsiyasiga qanchalar ulkan hissa qo’shganligini yana bir ochiq isboti deya olamiz. 

   Yuqoridagilarda hulosa qilib shuni takidlash kerakki. Dunyoda hech bir narsa tasodifan paydo bo’lgan emas albatta qandaydir bir asos bo’ladi. Biz bugungi yoshlar shuni faxr va iftxor bilan ayta olamizki, dunyo svilizatsiyasini asosini  bizni ajdodlarimiz tashkil qilgan. Biz ulardan o’rnak olishimiz va ulardek buyuk zot bo’lishga harakat qilishimiz lozimdir.

Abdurahmonov No'monxon

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi