Яратилиш санаси 09.04.2026

"BUYUK SOHIBQIRON: SHAXSIYAT, SIYOSAT VA MEROS"

Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining eng buyuk siymolaridan biri bo‘lgan Amir Temurning to‘liq ismlari — Temur ibn Tarag‘ay Barlos ibn Barluq.

1336-yil 8-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilganlar.
Jahon tarixida ulkan davlat arbobi, mohir sarkarda, adolatparvar hukmdor va ilm-ma’rifat homiysi sifatida tan olingan. U kishining davlat boshqaruvi, siyosati, harbiy san’ati, bunyodkorlik ishlari va ilm ahli hamda din peshvolariga ko‘rsatgan ehtiromlari nafaqat mintaqa, balki butun dunyo tarixida chuqur iz qoldirganlar.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur yoshliklaridan din va ilmga katta ixlos bilan yondashgan. U zot Samarqand, Kesh va Balx atrofidagi ulug‘ ulamolardan saboq olganlar, Qur’on, hadis, fiqh hamda arab tili ilmlarini o‘rganganlar.

Qur’on yod olishi haqlarida rivoyatlar.
Ba’zi manbalarda Amir Temur Qur’oni Karimni chuqur o‘rgangani, suralarni boshidan oxirigacha mukammal o‘qiganlari tilga olinadi. 
Bu rivoyatlar xalq og‘zaki ijodida uchraydi, ammo ilmiy tarixiy manbalarda bunday ma’lumot qat’iy qayd etilmagan. Shunga qaramay, Amir Temurning diniy bilim darajalari yuqori bo‘lgani, Qur’on oyatlarini yaxshi bilganlari haqidagi ma’lumotlar ko‘plab manbalarda mavjud.

Amir Temur davlat boshqaruvida “Adolat 12 tamoyili”ga tayanganlar. Bu tamoyillar orqali
xalqning tinchligi,
mol-mulkning daxlsizligi,
soliq tizimining tartibi,
amaldorlar mas’uliyati,
qo‘shin intizomi
kabi masalalar qat’iy nazorat ostida turgan.

Ul zotning aytgan mashhur so‘zlaridan biri:
“Kuch – adolatdadir.”
Bu nafaqat shior, balki u zotning davlat siyosatida asosiy tamoyil bo‘lgan.


Amir temur o‘z zamonasining eng yirik allomalari va diniy ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan va ularni ilmiy ishlarini rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratib berganlar. Jumladan:
Sayyid Baraka,
Shayx Shamsuddin Kulol,
Xoja Ahmad Yassaviy
Mirzo Ulug‘bekning ustozlari
va boshqa ko‘plab ilmlar sohiblariga ko‘plab ehtiromlar ko‘rsatganlari ma‘lum va mashxurdir.
Buyuk bobokalonimizning ilm ahliga nisbatan:
“Ulamolar — xalqning rahbaridirlar, ularning izzati saqlansin.”
deya buyruq berganlari “Zafarnoma”larda qayd etilgan.

Amir Temur jahon tarixida eng muvaffaqiyatli sarkardalardan biri sifatida e’tirof etilganlar. 35 yillik faoliyatlari davomida bobomiz:
Markaziy Osiyoda to‘liq siyosiy barqarorlik o‘rnatdlar,
Katta Ipak yo‘li xavfsizligini ta’minladilar,
Oltin O‘rda, Eron, Hindiston, Levant hududlarida tartib va tinchlikni tikladilar.
U zotni qo‘shini yuqori intizom, aniq strategiya, kuchli logistikaga ega bo‘lgan. Har bir yurishlari oldidan  ulamolar bilan maslahat qilganlari ham manbaalarda keltiriladi.

Amir Temur ona diyorimiz bo‘lmish movarounnahrni obod etishga katta e’tibor qaratganlar. Ul zotning tashabbuslari bilan:
Samarqandda Bibixonim masjidi,
Go‘ri Amir maqbarasi,
Shohizinda majmuasi,
Ko‘ksaroy va Oqsaroy saroylari
kabi inshootlar qad rostlagan.
Samarqandning “dunyoning qalbiga aylanishi” aynan buyuk bobokalonimiz davriga to‘g‘ri keladi.

Tarixiy manbalarda Amir Temur quyidagi sifatlari bilan tilga olinadilar:
aqli charxpalak, fikri tez,
tadbirkor va uzoqni ko‘ra oluvchi,
har qanday ishni mashvarat bilan qiluvchi,
din va ilmga hurmatli,
adolatparvar,
irodasi mustahkam.
Nizomiddin Shomiy yozadilar:
“Temur – tafakkuri o‘tkir, so‘zi qisqa, qarori qat’iy edi.”

Bobokalonimiz Amir Temur 1405-yil 18-fevralda O‘tror shahri yaqinida, Xitoy yurishiga otlangan paytlari vafot etdilar va Samarqand shahri, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilindilar.

Amir Temur bobomiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs sifatida chuqur iz qoldirdilar. Ul zotning davlat boshqaruvlari, bunyodkorliklari, din va ilmga bo‘lgan ehtiromlari, adolat tamoyillari bugungi kunda ham biz avlodlar tomonidan chuqur o‘rganib borilmoqda.

📚 Manbalar:
1Temur tuzuklari — Tuzuki Temuriy.
2.B. Ahmedov — Amir Temur jahon tarixida.
3.Sharafiddin Ali Yazdiy — Zafarnoma.

Ubaydullayev Qobiljon

ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi