Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun foyda yoki zarar?
Yigirma birinchi asrni internetsiz, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Instagram, TikTok, Telegram, YouTube kabi platformalar bugungi yoshlarning hayot tarziga aylanib ulgurdi. Ammo bu virtual dunyo yosh avlodni yorqin kelajak sari yetaklayaptimi yoki ularning eng qimmatli xazinasi — vaqtini o‘g‘irlayaptimi? Bu savol bugun har bir ota-ona, pedagog va umuman jamiyatni o‘ylantirmoqda.
Keling, masalaning har ikki tomonini xolis tahlil qilib ko‘raylik.
Ijtimoiy tarmoqlarni faqatgina "vaqtni behuda sarflash vositasi" deb qoralash adolatdan emas. To‘g‘ri foydalanilganda, ular ulkan rivojlanish poydevori bo‘lishi mumkin:
Zamonaviy bilim va ta’lim olish, bugun YouTube yoki Telegram orqali xorijiy tillar, dasturlash, dizayn yoki moliya savodxonligini mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati bor. Tarmoqlar dunyoning eng yetakchi universitetlari bilimlarini har bir yoshning smartfoniga olib kirdi.
Karyera va tadbirkorlik- ko‘plab yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda, shaxsiy brendini yaratmoqda va masofadan turib daromad topmoqda. SMM, kopirayting, targetologiya kabi yangi kasblar aynan shu muhitda daryo kabi oqib kelayotgan imkoniyatlardir.
Dunyoqarash va aloqa- yoshlar dunyoning turli chekkalaridagi tengdoshlari bilan fikr almashishi, global loyihalarda ishtirok etishi va o‘z iqtidorini butun dunyoga ko‘rsatishi mumkin.
Mana uning foydalarini ko'rib chiqdik. Lekin bu degani barcha bunday to'g'ri yo'lda foydalanadi degani emas. Endi esa "tanga"ning ikkinchi tarafini ko'rsak. Bu ijtimoiy tarmoqlardan yomon maqsadlarda yoki behuda va haddan tashqari ko'p foydalanish holatlari ko'p uchraydi. Bu esa inson hayot faoliyatiga katta zarar hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmlari shunday tuzilganki, ular odamni o‘ziga bog‘lab olishni, ya’ni "ekran asiri"ga aylantirishni maqsad qiladi.
Dofamin tuzog‘i va vaqt yo‘qotilishi
Reels yoki TikTok videolarini shunchaki "5 daqiqa ko‘raman" deb ochgan yoshlar qanday qilib 2-3 soat vaqt yo‘qotganini bilmay qolishadi. Bu miyada qisqa muddatli rohatlanish (dofamin) gormonini chaqiradi va odamda irodasizlikni shakllantiradi. Natijada esa ko'plab yo'qotilgan vaqt hamda miyani unga qaramligi ortadi. Qo'shimchasiga inson dam olmoqdaman deb o'zini o'zi aldab bu yo'lida davom etadi.
Psixologik bosim va "soxta hayot"
Tarmoqlardagi ideal filtrlar, qimmatbaho mashinalar va "baxtli hayot" suratlarini ko‘rgan yoshlarda real hayotidan norozilik, tushkunlik (depressiya) va o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi kuzatiladi. Tasavvur qilsak bir chetroq hududda yashovchi yosh yigit bu hashamatli hayotni ko'rganda havasi keladi. Agar unday qimmatbaho narsalarga o'zining tengdoshi erishayotganini bilsa, u hayotidan norozi va mahzunlik paydo bo'ladi. Qizlarda ham xuddi shunaqa. Yana boshqa bir muammoga to'xtalsak virtual dunyoda minglab "do‘stlari" bor yoshlar real hayotda yolg‘izlanib qolishmoqda. Bu esa ijtimoiy moslashuv va nutq madaniyatining pasayishiga olib kelyapti.
Muammo tarmoqlarda emas, tanlovda!
Hayot o'ziniki o'zi tanlasin emas, balki unga to'g'ri yo'l ko'rsatib, bu zulmatdan nurga undash kerak. Zero bu islom undagan narsaning ayni o'zi demakdir. Muqaddas dinimizni mukammal Yaratgan Zot Alloh taologa hamd bo'lsin.
Yechim
Bunga yechim qilishda iroda kuchaytirish lozim. Unga qo'shimcha ravishda yana:
1. Kunda foydalanish soatlarini kamaytirish
2. Unga bog'liq ishlardan iloji boricha uzoqlashish
3. Ko'proq kitob o'qish
4. Odamlar bilan muloqotda bo'lish
5. Kun tartibi yo'lga qo'yish
6. Kun davomida bo'sh vaqt qoldirmaslik
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlar xuddi o‘tkir pichoqqa o‘xshaydi. Uni mohir oshpazga bersangiz, shohona taom tayyorlaydi. Yosh bolaga bersangiz, o‘zini jarohatlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning vaqtini o‘g‘irlayotgani yo‘q, balki yoshlarning o‘zlari o‘z vaqtlarini o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘yib berishyapti. Muammo texnologiyada emas, undan foydalanish madaniyatida.
Agar yoshlar kunlik ekran vaqtini nazorat qilishni, axborotlarni saralashni va tarmoqdan faqat iste’molchi emas, balki bilim oluvchi va hk. sifatida foydalanishni o‘rgansalar, ijtimoiy tarmoqlar ular uchun eng kuchli rivojlanish quroliga aylanadi. Tanlov har bir yoshning o‘z qo‘lida!
Is'hoqov Abdulahad
3-kurs talabasi